Erkak o‘z ayolini o‘psa tahorat buziladimi?
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh hurmatli va fazilatli shayx janoblari! Shariatda sharm yo‘q deyishadi, sizdan bitta sal hayosiz savol so‘ramoqchi edim. Erkak o‘z ayolini o‘pganda tahorat buziladimi? Savolimning boisi https://hadis.islom.uz saytida Sunan Abu Dovudda quyidagi hadisda tahorat olmaydi deyilgan. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:“Albatta Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollaridan bir xotinni o‘pdilar. So‘ng tahorat qilmay namozga chiqdilar”.Urva aytadi:“Men:“O‘sha xotin sizdan boshqasi bo‘lmasa kerak”, degan edim, u kishi kuldi”. Abu Dovud aytadi: “Zaida va Abdulhamid al-Himmaniylar Sulaymon al-A’mashdan xuddi shunday rivoyat qilishgan”.Ammo Imom Molik (rahimulloh)ning “Muvatto” kitoblarida tahorat oladi deyilgan.Abdulloh ibn Umarni shunday deganlari rivoyat qilinadi: erning ayolini o‘pishi va unga qo‘li bilan tegishi mulomasadandir. Kim ayolini o‘psa yoki qo‘li bilan ushasa unga tahorat vojib bo‘ldi.95- Molikga Abdulloh ibn Mas’ud shunday deganlari etib keldi: er ayolini o‘psa tahorat qiladi.Ibn Shihobdan shunday deyishi rivoyat qilinadi: er ayolini o‘psa tahorat qiladi.Iltimos ustoz shu masalani menga tushuntirib bersangiz. Inshaalloh ertami kechmi uylanamiz bilib qo‘ygan yaxshi.Sizga Allohdan savobu barakatlar tilab Abdulvohid.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu hammaga ma’lum masala. Hanafiy mazhabida ayolni o‘pish yoki ushlash bilan toharat ketmaydi. Boshqa mazhablarda, jumladan, shofe’iy mazhabida ketadi.
27 Апрел 2022, 20:56 | Савол-жавоблар | 279 | Tahorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu hammaga ma’lum masala. Hanafiy mazhabida ayolni o‘pish yoki ushlash bilan toharat ketmaydi. Boshqa mazhablarda, jumladan, shofe’iy mazhabida ketadi.
27 Апрел 2022, 20:56 | Савол-жавоблар | 279 | Tahorat