egizak ugillarga ism kuyish
Assalomu aleykum Shayx Xazratlari! Ushbu sayt orkali xamma uchun kursatayotgan yordamingiz va ulashvotgan tajriba bilimngiz uchun Ollox Sizni xamisha kullab kuvvatlasin!Olloxga xamdu sanolar bulsinki yakinda biz ayolim bilan ancha yillar davomida orzikib kutgan orzumiz amalga oshdi ya’ni shu kunlarda egizak ugil farzandlik buldik. Lekin egizak ugillarga Xasan va Xusan emas balki Faysalbek va Imronbek deb ism kuymokchimiz. Sababi Ismlarni ma’nosi urganganda uzingizga xam ma’lum bulsa kerak ular juda serma’noli ismlar ekan (Faysal - davlatmand, tugri karor chikaruvchi, odil sudya. Imron - Iso paygabarizni buvalarini ismi, barxaet va uzok umr kuruvchi, Kur’oni Karimda keltirilgan Ali Imron (Imron kabilasi) surasi nomidan olingan). Afsuski bu ismlarni egizaklarga kuyishga uz yakinlarim karshi bulishmokda, ya’ni ularni fikriga kura "egizaklar uz ismi bilan tugiladi, ya’ni ularga Xasan va Xusan deb nomlash zarur, aks xolda biz kuymokchi bulgan ismlarni ular kutarolmay kolishadi va ismlari ogirlik kilib xar xil kasalliklarga duchor bulishlari mumkin" deb ta’kidlashmokda. Shunga fikringiz aytsangiz, yakin karindolarimni fikri tugrimi, ushbu keltirilgan ismlarni egizaklarga kuysa buladimi. Javobingiz uchun oldidan katta raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ularning gapi asossiz.
20 Апрел 2022, 19:44 | Савол-жавоблар | 187 | Bola tarbiyasi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ularning gapi asossiz.
20 Апрел 2022, 19:44 | Савол-жавоблар | 187 | Bola tarbiyasi