Karta o‘yinlari

Assalomu alaykum! Ustozlar, pul tikmasdan karta o‘yinlarini o‘ynasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirdan vaqtlaringizni karta o‘ynashga sarflasalaringiz umringiz oxirini ham karta o‘ynab o‘tkazadigan bo‘lasizlar. Qur’on o‘qib, zikr tasbehga odatlansangiz o‘sha amallar bilan Robbingizga yo‘liqasiz. Nafs ajoyib narsa, unga mazza bo‘lsa bo‘ldi ekan. Yoshlikdan uni nimaga o‘rgatsangiz umrning oxirigacha o‘sha bilan mazza qilib o‘tadigan bo‘ladi. Yoshlikda sigaret, mast qiluvchi narsalar, buzuq va befoyda ishlar bilan mazza qilishga o‘rgangan nafs ibodat bilan maza qilolmay qolib, undan nafratlanadigan bo‘lib qoladi. Agar biroz o‘zingizni majburlab nafsingizni ulardan tiyib Qur’on o‘qishga, ilm o‘rganishga va ibodat qilishga o‘rgatsangiz nafsingiz umringiz oxirigacha o‘shalar bilan mazza qiladigan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 20:56 | Савол-жавоблар | 195 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar