Bolalar uchun o‘yinchoq va rasmlar

Assalomu alaykum! Uyda rasm va haykallar bo‘lsa, farishtalar kirmasligidan xabarim bor. Lekin, bolalarning hayvonli o‘yinchoqlari, jumladan yumshoq o‘yinchoqlarni uyda saqlashning hukmi qanday? Shu bilan birga hozirgi kundagi alifbolarda (katta, uyga ilib o‘rgatishga mo‘ljallangan) hamda yosh bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblarning aksariyatida hayvon rasmlari mavjud. Bularning ham hukmini aytsangiz. Alloh O‘zi hayrli ishlarizda madadkor bo‘lsin, ajrlarini ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hammasining hukmi bir. Farishtalar kirishi uchun ko‘rinmaydigan joyga olib qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 21:19 | Савол-жавоблар | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar