Vitr vojib va boshka masalalar xakida

1. Vitr vojib namozida 3 rakatda Kunut duosidan oldin takbir aytish dalili xakida ma’lumot bersangiz?2. Istinjo xakida. Istinjo taxoratning bir bulagimi, xar taxoratda istinjo kilish kerakmi? El chikkandan keyin istinjo kilish xakida ma’lumot bersangiz? Yukoridagi savollarimga Xadis va Xaet kitobingizdan topa olmadim.Kilaetgan xayrli ishlaringiz uchun Allox :jj ning uzi sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Birinchi savolning javobi imom Kosoniyning «Badoi’us Sanoi’ fii tartiybish sharoe’» nomli kitoblarida kelgan. «Ammo takbir, Ali roziyallohu anhudan rivoyatda Nabiy alayhissalom qunut o‘qimoqchi bo‘lsalar, takbir aytib turib so‘ngra qunut o‘qir edilar» deyilgani uchun. Ikki qo‘lni ko‘tarish esa, Nabiy alayhissalomning «Ikki qo‘lni faqat etti joyda ko‘tariladi» degan hadislari uchun».2. «Istinjo» luatda axlat ketkazishdir.Fuqaholar istilohida esa, najosatni suv va unga o‘xshash narsa ila ketkazish yoki toshga o‘xshash narsa ila artishga istinjo deyiladi.Uyqu va eldan boshqa har bir tahoratni ketkazuvchi narsadan toshga o‘xshash narsa ila istinjo qilmoq sunnatdir. Uyqu va elga o‘xshash xushidan ketish, jinnilik, mastlik kabi tahoratni ketkazuvchi narsalardan ham istinjo qilinmaydi. Qolganlaridan, agar najas bir dirham miqdoridan kam bo‘lsa, istinjo qilish sunnatdir. Ko‘pchilik ulamolar istinjo qilish erkaku ayollarga sunnati muakkadadir, deganlar. Chunki Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bu ishni doimo qilganlar.

27 Апрел 2022, 21:41 | Савол-жавоблар | 165 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar