Mustahkam iymon

Assalomu alaykum! Men iymonimni mustaxkam qilishim uchun nima qilay? Ichimdan shayton kuchli keliyapti ba’zan. Men juda ham mustaxkam iymonli bo‘lishni va Qur’onni yodlashni xoxliyman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Iymon uch narsa bilan mustahkam bo‘ladi. Birinchisi solih insonlarning yonida yurish. Ikkinchisi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ko‘proq amal qilish. Uchinchisi gunohni tark qilish. Bu ishlar nasib bo‘lgan inson in shaa Alloh valiy bo‘lmasdan chorasi yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 22:04 | Савол-жавоблар | 148 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar