Vafot qilganlarga qilinadigan ishlar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, o‘tgan yili onam qazo qilgandilar, hayotlarini oxirida bir necha oy namoz o‘qidilar, oxirgi oylarda xolalarimni tushlariga kirib non ber deb so‘rabdilar. Ikki martda so‘rabdilar va shunga o‘xshash xolatlar singlimda bo‘ldi, bu nimani anglatadi?
2). Man namozimdan keyin Qur’onni qisqa suralarini o‘qib baxshida qilib turaman va sadaqa qilib ham turaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘qimagan namozlari va qoldirgan ro‘zalarining fidyalarini ham ado qilinglar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا مَاتَ الْإِنْسَانُ انْقَطَعَ عَنْهُ عَمَلُهُ إِلَّا مِنْ ثَلَاثَةٍ: إِلَّا مِنْ صَدَقَةٍ جَارِيَةٍ، أَوْ عِلْمٍ يُنْتَفَعُ بِهِ، أَوْ وَلَدٍ صَالِحٍ يَدْعُو لَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki odam bolasi o‘lsa, amali kesiladi. Magar uch narsadan: joriy sadaqadan, manfaat oladigan ilmdan yoki uning haqqiga duo qiladigan solih farzanddan kesilmaydi», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmaganlar. Sharh: Ushbu hadisi sharif ham Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinmoqda. Ma’lumki, musulmon kishi sof niyat bilan qilgan har bir yaxshi amali uchun savob olishga musharraf bo‘ladi. Kiromul kotibin farishtalar uning «Nomai a’moli»ga zarra miqdoricha yaxshiligi bo‘lsa ham, o‘shanga yarasha savobni yozib turadilar. Agar bemor bo‘lib, uzr ila odatdagi yaxshilik amalini qila olmay qolsa ham, farishtalar unga xuddi o‘sha amalni qilgandek savob yozadilar. Vaqti-soati kelib, inson vafot etsa, yaxshi amallarini mutlaqo qila olmay qoladi. Bundan keyin qilishdan ham umid uziladi. Endi undan hayotligidagi amallari – qiladigan ibodat va yaxshiliklariga yoziladigan savoblar ham kesiladi. Namoz o‘qiganligi, ro‘za tutganligi, tilovat, zikr qilganligi va boshqa yaxshi amallarni qilganligi uchun yoziladigan savoblar to‘xtaydi. Chunki endi u vafot etdi – ibodat qilishdan, amali solih qilishdan to‘xtadi. Shuning uchun har bir mo‘min banda tirik chog‘ida solih amalni ko‘proq qilib qolishga urinmog‘i lozim. Shu bilan birga, mo‘min kishiga tiriklik chog‘ida oxiratni o‘ylab, vafotidan keyin ham savobi uzilmay, borib turadigan amallarni qilib olish imkoni berilgan. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining ushbu hadislarida odam bolasi vafot etganidan so‘ng amali kesilishini aytish bilan birga, undan keyin ham savobi etib turadigan amallar uchta ekanligini ta’kidlamoqdalar: 1.«Joriy sadaqa». «Joriy sadaqa» deyilganda musulmonlarga doimiy ravishda foyda berib turadigan xayrli ishlar ko‘zda tutiladi. Misol uchun, ko‘pchilik foydalanishi uchun qurilgan ko‘prik, quduq yoki ariq qazib, suv keltirish, doimiy manfaat berib turadigan boshqa vaqflar shular jumlasidandir. Toki bu narsalardan mo‘min-musulmonlar foyda olib turar ekanlar, o‘sha ishlarni qilgan odamga uning vafotidan keyin ham savob yozilib turadi. Musulmonlar bu toifa ishlarni qadimdan ixlos bilan qilib kelganlar. Islom olamining turli joylarida ko‘plab vaqflar tashkil qilganlar. Beva-bechoralarga, tolibi ilmlarga, musofirlarga, hojilarga, qariyalarga, hatto egasiz, adashib qolgan hayvonlarga atalgan vaqflar bo‘lgan. O‘sha vaqflar orqali mazkur toifalar doimiy ravishda manfaat olib turganlar. Mazkur xayrli ishlarni qilgan kishilarning «Nomai a’mol»lariga ularning vafotlaridan keyin ham savob yozilib, oxiratlariga foyda berib kelgan. Agar joriy sadaqalari qiyomatgacha musulmonlarga foyda berib tursa, ularga ham qiyomatgacha savob qo‘shilib turaveradi. 2. «Manfaat olinadigan ilm». Mo‘min odam o‘z vafotidan so‘ng ortidan manfaat beradigan ilm qoldirsa, savobi uzilmaydigan amal qoldirgan bo‘ladi. Bu esa ilmning asari doimiy bo‘lishidir. Kishi qanday qilib o‘zidan keyin manfaat beradigan ilm qoldira oladi? Bu ish avvalo boshqalarga ilm o‘rgatish bilan amalga oshadi. Modomiki, shogirdlar, shogirdlarning shogirdlari o‘sha ilmni ishlatmoqdami, kishilarga manfaati etmoqdami, ustozga savob yozilib turaveradi. Ikkinchisi kitob yozib qoldirish bilan bo‘ladi. Qur’on, hadis va diniy ilmlar bo‘yicha, musulmonlarga foyda keltiradigan boshqa ilmlar bo‘yicha iymon va ixlos bilan kitob yozib qoldirgan kishiga, agar kitobidan musulmonlar foydalanib turishsa, u o‘lganidan keyin ham savob etib turaveradi. Uchinchisi ilm yo‘lida xizmat qilish bilan bo‘ladi. Misol uchun, imkoniyati bor odam tolibi ilmlarga, ustozlarga ilm yo‘lida yordam berib, madrasa qurdi, kitob chop ettirdi, o‘z mablag‘idan kutubxona qildi. Mana shunga o‘xshash ishlar ilm yo‘lida xizmat qilish hisoblanadi. Bularni qilgan odamlar vafot etib ketsalar ham, savoblari uzilmay, ularga borib turadi. Mo‘min-musulmonlar bu kabi ishlarga doimo katta e’tibor berib kelganlar. Shuning uchun ham Islomga to‘liq amal qilingan davrlarda musulmon olamida ilm keng miqyosda tarqalgan, dunyo ahamiyatiga molik ulug‘ allomalar etishib chiqqanlar. Musulmonlarchalik ko‘p olim etishtirgan millatni tarix bilmaydi. Shuningdek, ilm o‘rganuvchilar ham ko‘p bo‘lgan. Bu holatni yaxshilab o‘rgangan g‘arblik sharqshunoslardan biri insof bilan: «Musulmonlar yoppasiga madrasaga qatnaydigan millat bo‘lgan», deb yozadi. Musulmon hokimlar va boylar ham ilm yo‘lida xizmat qilish uchun katta himmat ko‘rsatganlar. Nafaqat ular, balki har bir musulmon ilm yo‘lida qo‘lidan kelgan ishni qilgan. Dehqonlar madrasalarning vaqf erlarida navbat bilan Alloh yo‘lida, haq olmay, ishlab berganlar. Hunarmandlar hunari bilan, chorvadorlar chorvasi bilan, xullas, har kim o‘z imkoniga qarab, bu ishga ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shganlar. Shu tariqa xalq ilmiy ishlarni yo‘lga qo‘yishda faol qatnashgan. Ularning bu ishlarda fidokorlik ko‘rsatishdan birdan-bir maqsadlari, doimiy ravishda savobi uzilmay, etib turadigan amallarga etishish edi. Alloh taolo, albatta, ularni noumid qilmagan. Hozirda kitoblari o‘qib turilgan ulamolarga, albatta, ilmlarining savobi etib turibdi. Ularning shogirdlarining shogirdlari Allohga: «Ustozlarimizni mag‘firat qilgin», deb duo qilib turibdilar. Ular qurgan madrasalaru qoldirgan vaqflari, qo‘lyozmalari va boshqa asarlardan hosil bo‘lgan savoblar ham tinmay etib turibdi. 3. «Haqqiga duo qiladigan solih farzand». Mo‘min kishi vafot etganidan keyin ham, agar farzandi uning haqqiga duo qilsa, savobi etib turadi. Buning uchun esa mo‘min-musulmon kishi o‘z farzandini duo qiladigan taqvodor musulmon qilib tarbiyalashi lozim. Zotan, mo‘min ota-onaning farzand ko‘rish va uni tarbiya qilishdan maqsadi ham shu. Ota-ona «o‘lganimdan keyin meni yo‘qlasin, haqqimga duo qilsin», deb farzand boqadi. diniy tarbiya berishdan maqsad ham shu! Farzandning mo‘min-musulmon, taqvodor bo‘lishi, ota-onasining ortidan duo qilib turish mas’uliyatini unutmasligigina bu maqsadga erishtiradi. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Odam bolasining vafotidan so‘ng uch amaldan boshqasi kesiladi. 2. Joriy sadaqa qilgan odamning savobi o‘limidan keyin ham uzilmaydi. 3. Manfaatli ilm qoldirgan kishining savobi o‘limidan keyin ham uzilmay, etib turadi. 4. Solih farzand qoldirgan kishining savobi ham uzilmaydi. Endi ushbu hadisi sharifning hikmatiga bugungi hayotimiz voqeligi asosida bir nazar solaylik. Joriy sadaqa qilish ko‘plab Islom diyorlarida davom etmoqda. Musulmonlarning vaqflari yaxshi saqlanib kelinmoqda. Ko‘pgina musulmon davlatlarda vaqf vazirliklari ishlab turibdi. Vaqf mulklar o‘z egalari tomonidan vasiyat qilingan maqsadda ishlatilmoqda. Vaqflarga nozir bo‘lgan kishilar o‘z xizmat haqlarini vaqfga tushadigan foydadan olib, vaqfni kengaytirish, yaxshi saqlashga harakat qilmoqdalar. Asosiy mablag‘ vaqfning egasi qo‘ygan shartga muvofiq ishlatilayotir. Misol uchun, kambag‘allar uchun, deb bir do‘konni vaqf qilgan bo‘lsa, o‘sha do‘kondan tushgan mablag‘ kambag‘allarga sarflanadi. Bino vaqf qilingan bo‘lsa, o‘sha binodan kambag‘allarga joy beriladi yoki ijaraga odam qo‘yilib, tushgan mablag‘ kambag‘allarga tarqatiladi. Madrasaga, deb vaqf qilingan bo‘lsa, o‘sha vaqfdan tushgan mablag‘ madrasa foydasiga sarf qilinadi. Shunday qilib, hojatmand toifalarga doimiy yordam ishi yurib turadi, bunga birov daxl qila olmaydi. Manfaatli ilm qoldirish masalasi ham shunga o‘xshash. Ulamolar ko‘proq shogirdlar etishtirib chiqarishlari uchun bu ishda boshqa musulmonlarning hamkorligi juda zarur. Kimdir ilmiy muassasalarni qurish, ularni jihozlash, saqlab turish ishlarida qo‘lidan kelgan yordamini beradi. Kimdir ustozlar va talabalarning maoshiga ko‘maklashadi. Yana boshqalar kitoblarni chop qilish yoki sotib olib berishda ko‘mak beradi. Xulosa qilib aytganda, shu yo‘lda xizmat qilishni xohlagan odam, ortimdan manfaatli ilmning savobi borib tursin, degan kishi o‘z imkoniga qarab, hissa qo‘shaveradi. O‘sha qilganiga yarasha savobini ham oladi. Bu savobli ish hozirgi paytda ham ko‘pgina Islom yurtlarida muvaffaqiyatli ravishda davom etmoqda. Albatta, bu ishga o‘z hissasini qo‘shganlar, hadisi sharifda zikr qilinganidek, o‘lganlaridan keyin ham kesilmaydigan amal qilgan bo‘ladilar. O‘zi vafot etib, savobli ish qilish imkoni tugagan bo‘lsa ham, uning «nomai a’moli»ga doimiy ravishda savob yozilib turadi. Mana shunday ishlarni qilmaganlar esa bunday baxtga sazovor bo‘la olmaydilar. Mazkur ishga qarshilik qilganlar, uning yo‘liga g‘ov bo‘lganlar esa ikki dunyoning la’natiga uchraydilar. Ortidan solih farzand qoldirish ham juda ezgu ish. Musulmon olamida farzand o‘stirishdan asosiy maqsadlardan biri shu ekanligini yuqoridagi jumlalarda ham aytib o‘tdik. Afsuski, keyingi davrda kishilar o‘z ortlaridan duo qiladigan solih farzand qolishiga e’tibor bermay qo‘ydilar. Islomiy tarbiya o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Natijada kishilarning ortidan duo qiladigan solih farzand emas, la’nat keltiradigan nobakor farzand qoladigan bo‘ldi. Hozirda kalimai shahodatni ham ayta olmaydigan, dinu diyonatdan bexabar, umrida peshonasi sajda ko‘rmagan, boshqa ibodatlarni qilishni xayoliga ham keltirmaydigan, dunyodagi hamma yomonliklardan tap tortmaydigan kimsalarni ota-onasining haqqiga duo qiladigan solih farzand deya olamizmi? Bunday farzandlar hech qachon o‘z ota-onalari ortidan savob yubora olmaydilar, aksincha, la’nat, qarg‘ish keltiradilar. Shuning uchun har bir farzand solih bo‘lmay, ota-onasining haqqiga duo qilmay yurgan bo‘lsa, darhol o‘zini o‘nglab olishi kerak. dinu diyonatli bo‘lib, ibodat qilib, namozlaridan, boshqa ibodat va yaxshi amallaridan keyin ota-onalari haqqiga duo qila olish darajasiga ko‘tarilishi lozim. Ana shunda Alloh taolo huzurida bandalik burchini, ota-onasi huzurida farzandlik burchini ado etgan bo‘ladi. Shu bilan birga, ota-onalar o‘z farzandlariga islomiy tarbiya berishga alohida e’tibor qaratishlari kerak. Ana shundagina ortlaridan duo qilib turadigan solih farzand qoldiradilar. Ana shundagina vafot etgandan keyin ham savobi kesilmaydigan amal qoldirgan bo‘ladilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 22:04 | Савол-жавоблар | 186 | Dolzarb savollar