Ahmoqlikni davolash haqida

Assalamu alaykum hurmatli Shayx Xazratlari. Xazrat sog‘ligingiz, ahvollaringiz yaxshimi. Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin.Xazrat sizga bir savolim bor edi. Iltimos savolimga kengroq va to‘liqroq qilib javob bersangiz. Savol: Insonga ahmoqlik va ezmalik ko‘pincha pand berib qo‘yarkan. Ahmoqlik va ezmalikdan qutilish uchun nima qilish kerak? Yana ziyraklikni yani zakovatni va farosatni oshirish uchun nima qilish kerak? Bularni davo qanday bo‘ladi?Xazrat savolda adashib beodoblik qilgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Xazrat biz haqimizga bir duo qilib qo‘ysangiz, o‘ylagan shariy barcha maqsadlarimizni bersin va ishlarimizni O‘zi oson qilsin. Javobingiz uchun katta rahmat. Alloh taolo rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur kamchiliklardan qutilish uchun diniy kitoblarni ko‘p o‘qish kerak. O‘zidagi kamchilikni aniqlab olib asta yo‘qotishga harakat qilish kerak. Etuk ustoz topib, uning tarbiyasini olish kerak.

28 Апрел 2022, 16:26 | Савол-жавоблар | 162 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar