Najot

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Mening yoshim 23da. Universitet talabasiman. Allohga hamdlar bo‘lsin, mana ikki oydirki Yaratgan hidoyat qilib namoz amallarini ado etyapman. Ammo, namoz o‘qishni boshlamasimdan oldin g‘ayridin faylasuf-yozuvchilar tomonidan yozilgan kitoblarni juda ko‘p o‘qiganman. Ularning ba’zilari ateist, ba’zilari nasroniy va boshqalari yahudiylardir. Tabiiyki ularda insonning yaratilishi, yashashdan maqsadi tamoman boshqacha talqin etiladi. O‘z vaqtida bu o‘qiganlarimdan o‘zimcha xulosa chiqarib yaqinlarimga xam bir ikki og‘iz nojoiz gaplar gapirib qo‘ygan joylarim bo‘lgan. Insonning hayotda kelishi va undagi  vazifasi nimadan iboratligi haqida juda ko‘p o‘yladim. Bu mazmunni u kitoblardan topa olmadim. Chunki ulardan chiqadigan birdan bir echim bu o‘lish edi. Shu zaylda uzoq vaqt hayot kechirdim. Bir necha bor bu hayotdan «ozod» bo‘lish haqida o‘ylab ko‘rdim. Ammo, Allohni hech vaqt esdan chiqarmadim. Bir kun kelib oxiri Islomga yuz tutishimni oldindan his qilar edim chunki. Ammo u o‘y-haellarning soyasi meni haligacha ta’qib qilib yuradi. Ba’zan hayolimga har-hil shubha-gumonlar o‘ralashib kelib koladi. Bulardan qutulish uchun qanday yo‘l tutishni maslahat berasizlar? Oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir narsa izsiz qolmaganidek botil e’tiqodlar yozilgan kitoblarning ham ta’siri bo‘lmasdan iloji yo‘q. Bundan buyog‘iga kitob o‘qishda tanlab o‘qing. Gumonlar kelganda “A’uzu billaahi minashshaytoonirrojiim”ni o‘qing. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 22:04 | Савол-жавоблар | 145 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar