Ayol kishi depilyatsiya qildirishi

Assalomu alaykum! DEPILYaTsIYa QILDIRISh. Bir kitobda yozilishicha eriga yoqish maqsadida qo‘li, oyog‘i, badani, yuzi, ipdek qilmaslik sharti bilan qoshlarini terishda ayolga gunoh yo‘q. Shuni turmush o‘rtog‘imga ko‘rsatsam “yo‘q qosh terish gunoh, gunohi menga yoziladi” dedilar. Ularning fikrlaricha Islomda tozalab yurishimiz shart bo‘lgan joylardan boshqa tuklarga tegish gunoh. Savol 1. Qoshlarim juda betartib ipdek qilib emas tartibga solish uchungina tersam gunoh bo‘ladimi? 2. Xozirgi kunda ko‘pgina ayollar (xatto namozxonlar xam) depilyatsiya qildirish uchun go‘zallik salonlariga borishadi. O‘zlarini oqlash uchun genikologga borasizku deyishadi. Ayol kishining farjiga boshqa ayolning qarashi uyatlikku uyat, gunoh emasmi, bunga dinimizda qanday qaraladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qosh terish gunoh. Boshqa joylarning tukini olish joiz. Aslida genekologga borish ham joiz emas. O‘ta zarurat o‘rindagina kasallik uchun ruxsat berilgan. Depilyatsiya kasallikka kirmaydi, zarurat ham hisoblanmaydi. avratlarini ochib berishlari harom amal. Buni arzimas narsa deb bilish o‘ta xatarli bo‘lib, kufrgacha olib boradi. Chunki harom qat’iy dalil bilan sobit bo‘lsa uni halol deyish kufr bo‘ladi. Bu xalqimiz ichidagi “Bug‘doy o‘g‘risi kofir emas, somon o‘g‘risi kofir” deyilgan gapga o‘xshaydi. Chunki bug‘doy o‘g‘risi o‘g‘irlik qilayotganida “Allohim men o‘g‘irlik qilayapman O‘zing kechir” deb o‘g‘irlik qiladi. Somon o‘g‘risi esa “Bu arzimas narsa o‘g‘irlikka  kirmaydi” deb o‘ziga o‘sha o‘g‘irlikni halol sanab qiladi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 22:06 | Савол-жавоблар | 153 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar