Taqdir haqida savol
Assalomu alaykum Shayx hazratlari!Alloh taalo Taqdirni belgilayotib, zamin uchun eng kerak bo‘lgan narsalarni belgilaganmi? Masalan: insonlarni qachon tug‘ulib qachon o‘lishi, kecha va kunduzni almashilishi kabilar, yoki aytishga ham arzimaydigan narsalarniham belgilaganmi? Masalan: mana shu xatni yoza turub adashib boshqa harfni bosib yuborishim, internetdagi, kitoblardagi yozuvlarni suratlarni qanday shaklda joylashishi, filmlarda kadrlarni qaytadan necha marta olinishi va shu kabi juda ko‘p va arzimas narsalar ham taqdir qilinganmi? Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Banda to‘rt narsaga iymon keltirmagunicha mo‘min bo‘la olmaydi; Albatta, Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va albatta, men Allohning Rasuliman-u, U zot meni haq ila yuborganiga shahodat beradi. O‘limga iymon keltiradi. O‘lgandan keyin qayta tirilishga iymon keltiradi. Qadarga iymon keltiradi», dedilar».Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining ushbu hadislarida mo‘min-musulmon kishi iymon keltirishi lozim bo‘lgan to‘rt narsani alohida ta’kidlamoqdalar. Shu to‘rt narsa ichida qadarga iymon keltirish ham bor. Hadisning avvalida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam eshituvchiga kuchli ta’sir qiluvchi oliy uslubni ishlatmoqdalar. Ya’ni, «Banda to‘rt narsaga iymon keltirmaguncha, mo‘min bo‘la olmaydi», demoqdalar. Bu komil iymon ushbu to‘rt narsadan iboratdir, degani emas, albatta. Lekin mazkur to‘rt narsaga iymon keltirish o‘ta muhim ekanini, bularsiz iymon haqida so‘z ham ochib bo‘lmaydigan narsalar ekanini ta’kidlashdir. So‘ngra o‘sha to‘rt narsani batafsil bayon qilishni boshlaydilar.1. «Albatta, Allohdan o‘zga Iloh yo‘qligiga va albatta, men Allohning Rasuliman-u U zot meni haq ila yuborganiga shohidlik beradi».Bu tavhid kalimasidir, iymonning aslidir, insoniyat uchun eng zarur narsadir. Shu narsaga iymon yo‘q ekan, boshqa narsalarga ham iymon bo‘lmaydi. Shu shohidlik bo‘lmasa, amallar ham qabul qilinmaydi. Insoniyat faqat Alloh taoloning O‘zigagina ibodat qilishi, faqat Muhammad sollallohu alayhi vasallamni oxirgi Payg‘ambar, deb bilishi kerak. Alloh u kishini haq din bilan yuborganini tan olishi kerak. Kim shuni tili bilan aytib, dili bilan tasdiqlasa, mo‘min bo‘ladi, aks holda – mo‘min bo‘la olmaydi.2. «O‘limga iymon keltiradi». Ya’ni, o‘limning haq ekanini tan oladi. Ana shunga ishonib, o‘limni ko‘z oldiga keltirib yashaydi. Bu har bir inson uchun vojib e’tiqod ekanini va uning nihoyatda zarur ekanini ta’kidlashga hojat bo‘lmasa kerak. O‘limga ishonmagan, uni ko‘z oldiga keltirib yashamagan odamdan yaxshilik kutib bo‘lmaydi. Xalq ichida yomon odamlar haqida «o‘lmayman, deb o‘ylarmikan», degan gap yuradi. Bu uning yomonligi o‘limga iymoni yo‘qligidan kelib chiqadi, deb bilishdandir. O‘limni o‘ylash har bir inson uchun o‘ta zarur bo‘lganidan ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘limga iymon keltirishni to‘rtta muhim narsa ichida Allohga va Rasulga iymon keltirishdan keyin zikr qilmoqdalar.3. «O‘lgandan keyin qayta tirilishga iymon keltiradi».Agar bu iymon bo‘lmasa o‘limga ishonishning ham hojati yo‘q. O‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish, bu dunyoda qilingan ishlarning so‘roq javobiga ishonish demakdir. Bu esa o‘z navbatida insonni doimo yaxshilik qilishga chorlovchi omildir. Agar dunyodagi yomonliklar asosan o‘lgandan keyin qayta tirilishga iymon yo‘qligi yoki uning zaifligidan kelib chiqadi desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Shuning uchun ham ushbu hadisi sharifda bunga bo‘lgan iymon alohida ta’kidlanib kelmoqda.4. «Qadarga iymon keltiradi». Bu qadarga bo‘lgan iymonning naqadar muhimligining yana bir bor ta’kididir. Bu haqda ushbu bobning avvalidan boshlab so‘z yuritib kelinmoqda.Abu Azza roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Qachonki, Alloh bandaga biror erda o‘lmoqni qazo qilgan bo‘lsa, uning uchun o‘sha erda bir hojatni qilib qo‘yadi», dedilar». So‘nggi ikki hadisni Termiziy rivoyat qilgan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu hadislarida qazoi qadar haqligini, uni Alloh taoloning O‘zi joriy qilishini bayon qilmoqdalar. Misol uchun, bir odamning ma’lum bir joyda vafot etishi qazoi qadar qilingan bo‘lsa, Alloh uning uchun o‘sha erda biror hojatini chiqaradigan qilib qo‘yadi. Banda hojatini ko‘zlab boradi-yu, qazosidagi bor o‘limni o‘sha joyda topadi. Bunday holatlarda xalq ichida «ajali etib qolgan ekanda, o‘z oyog‘i bilan boribdi», deyiladi. Bu narsa Alloh taoloning qanchalik mudabbir va bandaning qanchalik tadbirsiz ekanini ko‘rsatadi. Bu narsa Alloh taoloning ilmi qanchalik cheksiz, banda qanchalik johil ekanini ko‘rsatadi. Bu narsa Alloh taolo qanchalar qodir, inson qanchalar ojiz ekanini ko‘rsatadi. Qazoi qadarga tegishli har bir ishda, harakatda shu ma’nolarni takrorlash mumkin. Shuning uchun ham qazoi qadarga iymon keltirishga Islom alohida e’tibor bergan va u iymonning asoslaridan hisoblangan.XOTIMAQazoi qadarga bag‘ishlangan mazkur bobda bir oyati karima va o‘ndan ortiq hadisi sharif o‘rgandik. Albatta, qazoi qadarga tegishli hamma oyat va hadislar shulardan iborat degani emas. Lekin masalaning mohiyati, asosiy yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shundan kelib chiqib, ba’zi bir xulosalarni chiqarsak ham bo‘ladi. Avvalo bir masala bo‘yicha bir yoki bir necha hadisga suyanib hech hukm chiqarib bo‘lmas ekan. Iloji boricha atroflicha o‘rgangandan so‘nggina, bir narsa deyish kerak. Ushbu bobdagi ba’zi hadislarda bandaning hech qanday ixtiyori yo‘qqa o‘xshab ko‘rinsa, ayrimlarida aksinchaga o‘xshab ko‘rinadi. Ba’zilarida ish bo‘lishidan oldin qazoi qadarga qanday munosabatda bo‘lish bayon qilingan. Boshqalarida esa ish bo‘lib o‘tgandan keyin qazoi qadarga qandoq muomalada bo‘lish bayon qilingan va hokazo. Qazoi qadar masalasini bayon qiluvchi oyat va hadislarda zohiran bandani majburlash va ixtiyoriga qo‘yib berish ma’nolari borligi ba’zi kishilarning yo‘ldan ozishiga sabab bo‘lgan. Ulardan bir qismlari «banda bu dunyoda hamma ishni o‘z ixtiyori bilan emas, majbur bo‘lib qiladi» deganlar. Ana shunday fikr va e’tiqoddagi kishilar «Jabriya» mazhabidagilardir. Bu mazhabning ko‘zga ko‘ringan toifalaridan biri, Jahm ibn Safvon Samarqandiyga mansub «Jahmiyya» toifasidir.Jabriya mazhabiga qarshi o‘laroq ba’zilar: «Inson o‘zining hamma ishlarida hurdir, u o‘z ixtiyori bilangina ish qiladi, o‘z amalini o‘zi xalq qiladi», deganlar. Bular «Qadariya» (qadarni inkor etuvchi) deb atalgan bo‘lib, ularning asoschilari «Mo‘’taziliylar»dir. Ushbu ikki toifa ham adashgan hisoblanadi.Islomning sof aqiydasini tutib qolgan Ahli sunna va jamoa mazhabi esa o‘rtacha yo‘l tutgan. Ular «Insonning dunyodagi o‘ziga oriz bo‘ladigan ishlarda ixtiyori borlari ham bor, ixtiyori yo‘qlari ham bor», deganlar. Ularning ta’kidlashicha, inson o‘z ixtiyori yo‘q ishlarda javobgar emas, aksincha ixtiyori bor ishlarda javobgardir. Haqiqat ham shuning rost ekanini ko‘rsatadi. Sahobalar, tobe’inlar va o‘tgan salafi solihlarning barchalari shu e’tiqodda bo‘lganlar.Rivoyat qilinishicha, Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh Imom Ja’far ibn Muhammad Sodiq roziyallohu anhudan so‘ragan ekanlar:- Ey, Rasulullohning o‘g‘illari, Alloh ishni bandalarga tafviz qilib topshirib qo‘yganmi?- Alloh taolo Robblikni bandalarga topshirib qo‘yishdan yuqoridir!– Bo‘lmasa ularni majbur qilurmi?– Alloh taolo avval ularni bir ishga majbur qilib turib, so‘ngra azoblashdan ko‘ra odilroqdir!– Bu nima degani?– Bu o‘rtacha degani. Majbur qilish ham yo‘q, butunlay qo‘yib berish ham yo‘q. Zo‘rlash ham yo‘q, ega qilib qo‘yish ham yo‘q.Bu javoblar naqadar to‘g‘ri ekanini siz bilan biz yuqoridagi bahslarimizda anglab etdik.Gohida qadar istilohi va uning murodiflari dunyoni va undagi narsalarni tartibga solib turuvchi qonun-qoidalar, tuzumlar va sabablarga ham ishlatiladi. Misol uchun «Albatta, Biz har bir narsani qadar bilan yaratdik», oyati ma’nosi «o‘lchov bilan yaratdik», bo‘ladi. Ya’ni, dunyodagi har bir narsaning o‘ziga yarasha o‘lchovi, miqdori bor, degani. Bu ma’nodagi oyatlar anchagina bor.Qazoi qadar iymonning ruknlaridan bo‘lib, unga hech qachon e’tiborsizlik bilan qarab bo‘lmaydi. Bu sohada doimo hushyor bo‘lish kerak. Ana o‘sha hushyorlik, ehtiyotkorlik yo‘qolsa, inson zalolat yo‘liga kirib ketishi hech gap emas. Qadimda shunday ishlar ko‘p bo‘lgan. Ko‘pchilik aynan qadar masalasida yo u tarafga, yo bu tarafga og‘ib, zalolatga ketgan. Qadar va unga tegishli masalalar katta fitnalarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Musulmonlarga ulkan zararlar etkazgan. Shuning uchun ham Ahli sunna va jamoa ulamolari bu masalada qattiq turgan. Har bir musulmon bu masalada o‘zini qandoq tutishi lozimligini aniq iboralar bilan ifoda etib, aqiyda kitoblariga bitib qo‘yganlar.Bu haqda Ahli sunna va jamoa mazhabining – ya’ni, omma musulmonlarning aqiydaviy mazhabining eng mo‘’tabar kitoblaridan «Aqiydai Tahoviyya»ning matnida jumladan quyidagilar aytiladi:«Aslida qadar Alloh taoloning maxluqotlardagi sirridir. U narsadan muqarrab farishta ham, yuborilgan nabiy ham xabardor emas. U narsada chuqur ketish, nazar solish xorlik sababchisi, mahrumlik narvoni va tug‘yon darajasidir. U narsaga nazar solishdan, fikr qilishdan va vasvasadan ehtiyot bo‘ling va yana ehtiyot bo‘ling. Chunki Alloh taolo qadar ilmini O‘z bandalaridan o‘rab qo‘ygandir va ularni uni qasd qilishdan qaytargandir. Alloh taolo O‘z kitobida: «U zot qilganidan so‘ralmas, ular so‘ralurlar», degandir. Bas, kim «nima uchun bundoq qildi?» deb so‘rasa, Qur’oniy hukmni rad qilgan bo‘lur. Kim Qur’onning hukmini rad qilsa, kofirlardan bo‘lur».Ushbu so‘zlar ko‘plab achchiq tajribalar bo‘lib o‘tgandan keyin qadar to‘g‘risidagi oyatu hadislar, sahobalarning aytgan gaplari atroflicha o‘rganib chiqilgandan so‘ng bitilgan. Bu natijaga erishguncha Ahli sunna va jamoa ulamolari ko‘p tortishuvlarni, munozaralarni, hujjat solishtirishlarni va tajribalarni boshlaridan o‘tkazganlar. Oxir-oqibat musulmonlar ommasi bu masalada mazkur qoidalarga amal qilsalar foydali bo‘ladi, degan qarorga kelganlar.«Aslida qadar Alloh taoloning maxluqotlardagi sirridir». Ya’ni, qadarni faqat Alloh taoloning O‘zi biladi. Bu dunyoda maxluqotlarga nima qadar qilinganini bilish Alloh taoloning O‘zigagina xos.«U narsadan muqarrab farishta ham, yuborilgan nabiy ham xabardor emas».Aslida muqarrab farishta va yuborilgan payg‘ambarlar ko‘p sir-asrorlardan xabardor bo‘ladilar. Ammo Alloh taolo qadar ilmini ulardan ham sir tutgan. Ular ham maxluqotlarga nima qadar qilingani haqida hech narsa bilmaydilar. Chunki qadar masalasi, Alloh ilmining cheksiz ekanini bayon qiluvchi masaladir.«U narsada chuqur ketish, nazar solish xorlik sababchisi, mahrumlik narvoni va tug‘yon darajasidir». Ya’ni, qadar masalasida chuqur ketib, uni tekshirishga o‘tish oxiri xorlikka sabab bo‘ladi. O‘z egasini ko‘p narsadan mahrum qiladi. Oxiri kelib tug‘yonga ketishiga sabab bo‘ladi. Darhaqiqat, Qadariya va Jabriya mazhablari va ularga ergashganlar shu holga tushganlar.«U narsaga nazar solishdan, fikr qilishdan va vasvasadan ehtiyot bo‘ling va yana ehtiyot bo‘ling». Ya’ni, qadar ilmini bilaman, deb urinishdan, u to‘g‘rida: «nimaga undoq bo‘ldi, nimaga bundoq bo‘ldi, undoq qilsa nima bo‘lar edi», kabi fikr qilishdan ehtiyot bo‘ling. Shuningdek, hamma narsa ma’lum bo‘lsa, amalning nima keragi bor, uning o‘rniga bundoq desa bo‘lmasmidi kabi vasvasalardan ham ehtiyot bo‘ling. Chunki hamma narsa sizga emas, Allohga ma’lum. Alloh sizni qadarga iymon keltirishga, amriga, shariatiga amal qilishga buyurgan, shuni qiling!«Chunki Alloh taolo qadar ilmini bandalaridan o‘rab qo‘ygandir». Bandalar hammasi bir bo‘lib kichik bir zarraning qadarini bilishga urinsalar ham, bila olmaslar.«Va ularni uni qasd qilishdan qaytargandir». Ya’ni, Alloh taolo bandalarni qadar ilmini bilishni qasd qilishdan qaytargandir.Alloh taolo O‘z kitobida: «U zot qilganidan so‘ralmas, ular so‘ralurlar», degandir». Ya’ni, Alloh taolo nima qilsa O‘zi biladi. Undan birov «bu ishni nima uchun qilding»? deb so‘ra
20 Апрел 2022, 19:44 | Савол-жавоблар | 272 | Aqiyda