Idda saqlamasa
Assalomu alaykum! Bir ayol eri tomonidan taloq olsa va idda saqlash to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmasa va idda saqlamay nikohdan o‘tsa u ayol zino qilib yurgan hisoblanadimi? U ayol bu holatda nima qilishi lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Idda saqlamay qilingan nikoh, shariat tomonidan e’tiborga olinmaydi. U nikoh fosid nikoh hisoblanib, ular tezda alohida bo‘lishlari kerak. Birinchi eridan taloq olgandan boshlab uch hayz muddat o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi eri qaytadan nikoh qilib oladi. Mahr berishi ham vojib bo‘ladi. Ikkinchi eri bilan qilingan birinchi fosid nikohning ham mahrini berishi shart. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 22:47 | Савол-жавоблар | 216 | Oila va turmush