Qasamni bajara olmasa
Assalamu alaykum! Ustozlar Alloh qilayotgan yaxshi amalaringizga ajr savobini barkotli qilib bersin, omiyn. Ko‘pincha odamlarni asosan erkaklarni “shu ishni qilmasam yigit emasman” deydi. Ba’zi hollarda bergan va’dasini ustidan chiqadi, ba’zida yo‘q. Shu holatdagi va’dalar ham qasamga kiradimi? Bajara olmasa gunohkor bo‘ladmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=31440.0 Qasamning sababi – qasam ichuvchi o‘zining rostgo‘yligini tinglovchiga ta’kidlashni yoki o‘zini bir narsani qilish yoki tark etishga majburlashni qasd qilishidir. Qasamning sharti – qasam ichuvchining mukallaf bo‘lmog‘i. Qasamning rukni – qasam hosil bo‘ladigan lafz. Qasamning hukmi – uning amalga oshishida yaxshilik bo‘lishi va amalga oshmaganida kafforat berish. Biz tushunarli bo‘lishi uchun o‘zimizda urf bo‘lib qolgan «qasam» so‘zini ishlataverishni ma’qul ko‘rdik. Qasam ikkiga taqsimlanadi: Alloh taoloning ismi ila bo‘lgan qasam va U Zotdan boshqa bilan qasam. Birinchi turdagi qasam Qur’oni Karimda zikr qilingan: Alloh taolo: «Osmonu erning Robbi ila qasamki, albatta, u (va’da) xuddi siz nutq qilayotganingiz kabi haqiqatdir», degan (Zariyaat surasi, 23-oyat). Alloh taolo: «Mashriqlar va mag‘riblar Robbi bilan qasam ichamanki, albatta, Biz qodirmiz… o‘rinlariga ulardan yaxshiroqlarini almashtirishga. Va Biz ojiz emasmiz», degan (Ma’orij surasi, 40-41-oyatlar). Qasam sunnatda ham bor. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qasamlari «Laa» va «Muqallibal qulubi» edi». Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ ، قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ إِذَا اجْتَهَدَ فِي الْيَمِينِ، قَالَ: «وَالَّذِي نَفْسُ أَبِي الْقَاسِمِ بِيَدِهِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ. Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qasamga urg‘u beradigan bo‘lsalar, «Abul Qosimning joni qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki», der edilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Musulmon ummati Alloh taoloning nomi ila qasam ichish shariatda borligiga qadimdan ittifoq qilgan. Alloh taoloning nomidan boshqa ila qasam ichish makruhdir. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ النَّبِيَّ أَدْرَكَ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ فِي رَكْبٍ وَهُوَ يَحْلِفُ بِأَبِيهِ، فَنَادَاهُمْ رَسُولُ اللهِ : «أَلَا، إِنَّ اللهَ يَنْهَاكُمْ أَنْ تَحْلِفُوا بِآبَائِكُمْ، فَمَنْ كَانَ حَالِفًا فَلْيَحْلِفْ بِاللهِ، وَإِلَّا فَلْيَصْمُتْ». قَالَ عُمَرُ: فَوَاللهِ، مَا حَلَفْتُ بِهَا بَعْدَمَا سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ نهَىَ عَنْهَا ذَاكِرًا وَلَا آثِرًا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Umarning bir guruh otliqlar ichida otasi ila qasam ichayotganini bilib qoldilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga: «Ogoh bo‘linglar! Alloh azza va jalla sizlarni otalaringiz ila qasam ichishdan qaytaradi! Kim qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh ila qasam ichsin, bo‘lmasa jim tursin», deb nido qildilar. Umar: «Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nahiylarini eshitganimdan buyon na o‘zim o‘shandoq qasam ichmadim va na boshqaning o‘shandoq qasamini ham tilimga olmadim», dedi». Beshovlari rivoyat qilishgan. Endi bu masala bo‘yicha «Muxtasari Viqoya»da kelgan matnlarni o‘rganishga kirishaylik. Qasam uch turlidir: 1. Kishining o‘tgan narsani qilgani yoki tark etganiga qasddan yolg‘on qasam ichishi g‘amusdir. U ila gunohkor bo‘ladi. «Famus» so‘zi lug‘atda «cho‘milish», «ko‘milish» degan ma’nolarni anglatadi. Chunki unday botil qasam o‘z egasining jahannam oloviga cho‘milishiga, ko‘milishiga sabab bo‘ladi. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «الْكَبَائِرُ الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَالْيَمِينُ الْغَمُوسُ». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Gunohi kabiralar: Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va g‘amus qasamdir», dedilar». Buxoriy rivoyat qilgan. عَنْ عَبْدِ اللهِ ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ كَاذِبَةٍ، ليَقْتَطِعَ بِهَا مَالَ رَجُلٍ مُسْلِمٍ، أَوْ مَالَ أَخِيهِ، لَقِيَ اللهَ وَهُوَ عَلَيْهِ غَضْبَانُ»، فَأَنْزَلَ اللهُ تَصْدِيقَهُ: ﮋﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴﮊ إِلَى آخِرِ الْآيَةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir musulmon odamning (yoki «o‘z birodarining», dedilar) molini uzib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, Allohga yo‘liqqanida U Zot undan g‘azablangan holda bo‘lur. Bas, Alloh o‘shaning tasdig‘ini: «Alohning ahdini va o‘z qasamlarini ozgina bahoga sotadiganlar – albatta, ana o‘shalarga oxiratda yaxshi nasiba yo‘qdir», deb nozil qildi», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ مَصْبُورَةٍ كَاذِبًا، فَلْيَتَبَوَّأْ بِوَجْهِهِ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ. Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim yolg‘ondan lozim qiluvchi qasam ichsa, o‘zining do‘zaxdagi o‘rindig‘iga tayyorlanaversin», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. 2. O‘shanda o‘zi haq ekanini gumon qilsa-yu, ish aksincha bo‘lsa, qasam behudadir. Bunda afv etilishi umid qilinadi. Hanafiy va molikiy mazhablari bo‘yicha, kishi bir narsani to‘g‘ri deb gumon qilib qasam ichsa-yu, noto‘g‘ri chiqib qolsa, uning aytganlari «behuda qasam» bo‘ladi. Bu holatda unga na gunoh va na kafforat bo‘lmaydi. Til o‘rganib qolganidan o‘ylamay-netmay ichiladigan qasamga ham «behuda qasam» deyiladi. Ayniqsa, arablarda «qasam» lafzi oson chiqadi. So‘z orasida ham «Vallohi», «Billaahi», «Tallohi», deb yuboraverishadi. Bunda qasam ichish niyati umuman bo‘lmasa ham, til o‘rganib qolgan bo‘ladi. Turkiy xalqlarda har narsaga «Xudo ursin», deyaverish ham shunga o‘xshaydi. Bir kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalardan birlari bilan yo‘lda ketayotib, ov qilayotgan kishilarning oldidan o‘tib qolishdi. Shunda: «Allohga qasamki, urdim», «Allohga qasamki, xato qildim», degan ovozlar eshitildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan ketayotgan kishi: «Qasamxo‘r bo‘lishdimi?» deb so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom: «Yo‘q, ovchilarning qasami behuda bo‘ladi. Kafforat ham, uqubat ham yo‘q», dedilar. Demak, behuda qasam kechirilgandir, uning uchun hech qanday gunoh ham, jazo ham yo‘q. Lekin musulmonlik odobi ko‘p qasam ichmaslikni taqozo qiladi. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا فِي قَوْلِهِ تَعَالَى: ﮋﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖﮊ قَالَتْ: أُنْزِلَتْ فِي قَوْلِهِ: لَا واللهِ، بَلَى وَاللهِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ. Oisha roziyallohu anhodan Alloh taoloning: «Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas», degan qavli haqida rivoyat qilinadi: «Bu oyat birovning «Yo‘q, vallohi!» va «Ha, vallohi!» kabi gapi haqida nozil qilingan». Buxoriy rivoyat qilgan. وَعَنْهَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: «هُوَ كَلَامُ الرَّجُلِ فِي بَيْتِهِ: كَلَّا وَاللهِ، وَبَلَى وَاللهِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ حِبَّانَ وَالْبَيْهَقِيُّ. Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U (behuda qasam) – kishining o‘z uyida «Yo‘q, vallohi!» va «Ha, vallohi!» deyishidir», dedilar». Abu Dovud, Ibn Hibbon va Bayhaqiy rivoyat qilishgan. 3. Agar kelajak narsaga qasam ichsa, qasam bog‘lanadi. Mana shu qasamdagina qasamxo‘r bo‘lsa, kafforat o‘taydi. Agar qasamni yoki qasamxo‘rlikni unutib yoki majburlanib qilgan bo‘lsa ham. Odatda oddiy qasam xuddi shu qasam hisoblanadi. Bunday qasam ichgan odam qasamiga sodiq qolishi lozim. Agar qasamida turmasa, qasamxo‘r bo‘ladi va gunoh sodir etgan hisoblanib, kafforat berishi vojib bo‘ladi. Alloh taolo Baqara surasida: «Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qalblaringiz kasb qilgan narsa uchun tutadir. Va Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta hilmlidir», degan (225-oyat). Qasam «Alloh» lafzi bilan yoki Rohman, Rohiym va Haq kabi ismlaridan biri bilan yoxud Alloh taoloning qasam ichsa bo‘ladigan izzati, jaloli, kibriyosi, azamati va qudrati kabi sifatlaridan biri bilan bo‘ladi. Nabiy, Qur’on, Ka’ba kabi Allohdan boshqa narsalar bilan va rahmati, ilmi, rizosi, g‘azabi, achchig‘i va azobi kabi urfda qasam ichib bo‘lmaydigan sifatlari bilan bo‘lmaydi. Chunki mazkur lafzlar bilan qasam ichish urfda yo‘q. Buning ustiga, misol uchun oladigan bo‘lsak, rahmat deganda gohida yomg‘ir yoki jannat kabi uning turli ko‘rinishlari iroda qilinadi. Bu holda Allohdan boshqa bilan qasam ichilgan bo‘lib qoladi. Bu erda zikr qilingan boshqa sifatlarning barchasi ham shunga o‘xshashdir. Kishining «La amrullohi», «Va aymullaahi», «Va ahdillaahi va miysaqihi», deyishi, «qasamki», «ontki», «ashhadu», deganidan keyin «billaahi»ni aytmasa ham, «Zimmamda nazr, yamin, ahd bor», deganida «Alloh uchun», demasa ham qasamdir. Mazkur lafzlar va uslublar bilan qasam ichish odatda arablarga va arab tiliga xosroqdir. Agar falon narsani qilsa u kofir ekanligini aytsa, agar kofir bo‘lmasa ham, o‘tgan zamonga bog‘ladimi yoki kelasiga, baribir qasamdir. Chunki kufrni bir fe’lga bog‘lash o‘sha fe’lni harom qilishdan iboratdir. Halolni harom qilish esa qasam hisoblanadi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Kim yahudiy yoki nasroniy bo‘lish haqida ont ichsa, qasamdir», degan. «Savgand mixo‘rem ba Xudoy» ham qasamdir. Ya’ni arab tilidan boshqa tilda kelasi zamon fe’lida «Xudo bilan qasam ichamanki», desa ham qasam bo‘ladi. «Haqqan», «Allohning haqqi-hurmati», «Savgand xo‘ram ba Xudoy» yoki «ba taloqi zan», desa yoki agar falon ishni qilsa, unga Allohning g‘azabi, achchig‘i yoki la’nati bo‘lishini aytsa, yoxud «Falon ishni qilsam, men zinokor yoki o‘g‘ri, yoxud aroq ichuvchi-yu, riboxo‘r bo‘lay», desa, qasam bo‘lmaydi. Chunki bu ishlarning birortasi bilan qasam ichish urfda bo‘lmagan va ularning qasamdan boshqa ma’noni anglatishi kuchlidir. Qasam harflari «vov», «bo» va «to»lardir. Gohida «Allohi la afa’lanna»dagiga o‘xshab u yashirin suratda ham ishlatiladi. Arab tilida qasam turli uslublar bilan bo‘ladi. Ochiq qasam ichish ma’nosidagi so‘zlar bilan yoki qasam harflari, jumladan, «vov», «be», «to» harflari bilan. Qur’oni Karimning bir qancha suralari qasam bilan boshlangan. Ularda qasam lafzlari ishlatilmaydi, balki qasam harflarining o‘zi kifoya qiladi. Misol uchun, Naaziaat surasidagi «Van-Naaziaati» – «Naaziaat bilan qasam ichaman», deganidir. Allohdan o‘zga narsalar bilan qasam ichish Allohning O‘ziga xosdir. QASAMNING KAFFORATI وَكَفَّارَتُهُ: عِتْقُ رَقَبَةٍ، أَوْ إِطْعَامُ عَشَرَةِ مَسَاكِينَ - كَمَا هِيَ فِي الظِّهَارِ - أَوْ كِسْوَتُهُمْ، لِكُلٍّ ثَوْبٌ يَسْتُرُ عَامَّةَ بَدَنِهِ، فَلَمْ تَجُزِ السَّرَاوِيلُ، فَإِنْ عَجَزَ عَنْهَا وَقْتَ الْأَدَاءِ، صَامَ ثَلَاثَةَ أَيَّامٍ وِلَاءً، وَلَمْ تَجُزْ بِلَا حِنْثٍ. وَمَنْ حَلَفَ عَلَى مَعْصِيَةٍ، كَعَدَمِ الْكَلَامِ مَعَ أَبَوَيْهِ، حَنِثَ وَكَفَّرَ. وَلَا كَفَّارَةَ فِي حَلِفِ كَافِرٍ وَإِنْ حَنِثَ مُسْلِمًا. وَمَنْ حَرَّمَ مِلْكَهُ لَا يَحْرُمُ عَلَيْهِ، وَإِنِ اسْتَبَاحَهُ كَفَّرَ. وَمَنْ نَذَرَ نَذْرًا مُطْلَقًا، أَوْ مُعَلَّقًا بِشَرْطٍ يُرِيدُهُ كـ: إِنْ قَدِمَ غَائِبِي، فَوُجِدَ وَفَى، وَبِمَا لَمْ يُرِدْهُ كـ: إِنْ زَنَيْتُ، وَفَى أَوْ كَفَّرَ، وَهُوَ الصَّحِيحُ. Uning kafforati xuddi zihordagi kabi qul ozod qilish yoki o‘nta miskinni to‘ydirish, yoxud ularning har biriga butun badanini to‘sadigan kiyim berishdir. Shalvorning o‘zi kifoya qilmaydi. Agar ularni ado etish paytida ojiz bo‘lsa, ketma-ket uch kun ro‘za tutadi. Qasamxo‘r bo‘lmay turib, kafforat ado qilish joiz emas. Kim ota-onasiga gapirmaslik kabi ma’siyatga qasam ichsa qasamxo‘r bo‘ladi va kafforat ado etadi. Kofirning qasamida kafforat yo‘q. Agar musulmon holida qasamxo‘r bo‘lsa ham. Kim o‘z mulkini harom qilsa, u unga harom bo‘lmaydi. Agar uning mubohligini o‘ziga ravo ko‘rsa, kafforat ado etadi. Kim mutlaq yoki o‘zi iroda qilgan shartga bog‘lab, «Agar g‘oyib kishim kelsa...» deganga o‘xshab nazr qilsa va o‘sha narsa vujudga kelsa, vafo qiladi. Agar o‘zi iroda qilmagan narsaga bog‘lab, «Agar zino qilsam...» deganga o‘xshab nazr qilsa, vafo qiladi yoki kafforat beradi. Ana o‘sha to‘g‘ridir. Endi «Muxtasari Viqoya»da kelgan matnlarni sharh qilishga o‘taylik. Uning kafforati xuddi zihordagi kabi qul ozod qilish yoki o‘nta miskinni to‘ydirish, yoxud ularning har biriga butun badanini to‘sadigan kiyim berishdir. Shalvorning o‘zi kifoya qilmaydi. Agar ularni ado etish paytida ojiz bo‘lsa, ketma-ket uch kun ro‘za tutadi. Bu hukmning dalili quyidagicha. Alloh taolo Moida surasida: «Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qasd ila tukkan qasamlaringiz uchun tutadir. Bas, uning kafforati o‘z ahlingizni o‘rtacha taomlantirish miqdorida o‘nta miskinga taom yoki kiyim berish yoxud bir qul ozod qilishdir. Kim topa olmasa, bas, uch kun ro‘za tutsin. Ana o‘sha, agar qasam ichgan bo‘lsangiz, qasamingizning kafforatidir. Qasamlaringizni muhofaza qiling. Alloh sizga shunday qilib O‘z oyatlarini bayon etadi. Shoyadki, shukr qilsangiz», degan (89-oyat). Qasamxo‘r bo‘lmay turib, kafforat ado qilish joiz emas. Chunki kafforatdan maqsad jinoyatni berkitishdir. Yo‘q jinoyatni berkitib bo‘lmaydi. وَلِمُسْلِمٍ: أَعْتَمَ رَجُلٌ عِنْدَ النَّبِيِّ ، ثُمَّ رَجَعَ إِلَى أَهْلِهِ، فَوَجَدَ الصِّبْيَةَ قَدْ نَامُوا، فَأَتَاهُ أَهْلُهُ بِطَعَامِهِ، فَحَلَفَ لَا يَأْكُلُ مِنْ أَجْلِ صِبْيَتِهِ، ثُمَّ بَدَا لَهُ، فَأَكَلَ، فَأَتَى رَسُولَ اللهِ ، فَذَكَرَ ذَلِكَ لَهُ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ : «مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ، فَرَأَى غَيْرَهَا خَيْرًا مِنْهَا، فَلْيَأْتِهَا، وَلْيُكَفِّرْ عَنْ يَمِينِهِ». Muslimning rivoyatida: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida qorong‘i zulmatgacha o‘tirdi. So‘ng ahliga qaytib borsa, kichik bolalari uxlab qolishgan ekan. Ahli unga taom keltirdi. U bo‘lsa, kichik bolalari tufayli taom emaslikka qasam ichdi. Keyin esa fikri o‘zgarib, taomni edi. So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, bo‘lib o‘tgan narsani zikr qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir narsa uchun qasam ichsa-yu, so‘ngra undan yaxshirog‘ini ko‘rib qolsa, o‘shani qilsin va qasamiga kafforat bersin», dedilar», deyilgan. Arab tilida «kafforat» so‘zi bir narsani yaxshilab, mutlaqo ko‘rinmaydigan qilib to‘sib, berkitishga ishlatiladi. Shariatda esa sodir etilgan gunohni yuvish uchun ado etiladigan moliyaviy yoki badan ibodatiga «kafforat» deyiladi. Ichgan qasamini buzishga majbur bo‘lgan inson ado etishi vojib bo‘lgan kafforat quyidagicha: 1. Bir qul ozod qilish. Qasamini buzgan kishiga kafforat uchun belgilangan jazo choralaridan Islom dini beva-bechoralarga, kambag‘al-miskinlarga qanchalik e’tibor bilan qaragani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Shuningdek, bu mukammal va olamshumul dinning qulchilikka qarshi bo‘lgani va qullarni ozod qilishga qattiq uringani ham ko‘rinib turibdi. Islomda bu ishlar gunohlarni yuvadigan ibodat darajasiga ko‘tarilgani e’tiborga sazovordir. 2. O‘nta miskinni to‘ydirish. Miskinlarni to‘ydirishdagi mazkur o‘lchov kafforat beruvchi o‘z ahliga beradigan bir kunlik o‘rtacha taom miqdoridir. Agar kafforat ado etishi lozim bo‘gan shaxs o‘nta miskinga taom berishni xohlamasa, uchinchi xil kafforatni ado etishi ham mumkin. 3. O‘nta miskinga butun badanini to‘sadigan bir sidra kiyim berish. Kiyim ham o‘sha vaqtning, joyning va qavmning o‘rtacha kiyimi bo‘ladi. Og‘ziga kuchi etmaydigan, o‘ziga e’tibor qaratish va bir ishni qilish yoki qilmasligini ta’kidlash maqsadida Alloh taoloning nomi ila qasam ichib, so‘ngra o‘z qasamiga sodiq qola bilmagan odam aslida Allohga nisbatan katta beodoblik qilgan bo‘ladi. Bu ishning jazosiga boshqacharoq chora ham belgilash mumkin edi. Ammo Alloh taolo aynan faqir, miskin va qullarga mehr ko‘rsatib, ularning foydasini ko‘zlovchi choralarni belgilagan. Qasamini buzadiganlarning hammasi ham o‘nta miskinni to‘ydirish yoki ularga bir sidra kiyim olib berish, yoxud bir qul ozod qilish imkoniga ega bo‘lavermaydi. Ularning ichlarida kambag‘allari ham bo‘lishi turgan gap. Ana shunday imkoni yo‘q qasamxo‘rlarga o‘ziga xos jazo chorasi belgilangan: 4. Agar ularni ado etish paytida ojiz bo‘lsa, ketma-ket uch kun ro‘za tutadi. Demak, qasamini buzgan odam kafforatni ado qilish uchun o‘nta miskinni taomlantirish yoki shuncha adaddagi miskinga kiyim-bosh olib berish, yoxud bir qul ozod qilishga moliyaviy imkoni yo‘q bo‘lsa, uch kun ro‘za tutib, kafforatni ado etishi vojib bo‘ladi. Avvalgi uch jazo chorasining ichidan birini tanlash ixtiyoriydir, lekin to‘rtinchi jazo chorasini ado etishga faqatgina mazkur uch chorani ado etishga imkoni yo‘q kishilargina muyassar bo‘ladilar. Shariatimizda qasamini buzgan kishilar uchun kafforat ado etishni joriy qilishda avval zikr qilingan foydalardan tashqari, tarbiyaviy omil ham bor. Qasamini buzgan odamga kafforat ado etishni vojib qilishda uni o‘ziga keltirish va va’z-nasihat omili bor. Bir marta kafforat ado etishga majbur bo‘lgan inson bundan keyin har bir gapini yaxshilab o‘ylab gapiradigan va Alloh taoloning nomi ila qasam ichishdan oldin o‘ziga bir nazar soladigan bo‘ladi. Uning holini ko‘rgan boshqa kishilar ham ibrat olib, gaplarini o‘ylab gapiradigan bo‘lishadi. Kim ota-onasiga gapirmaslik kabi ma’siyatga qasam ichsa, qasamxo‘r bo‘ladi va kafforat ado etadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga toat qilishga qasam ichgan bo‘lsa, toat qilsin. Kim Allohga osiy bo‘lishga qasam ichgan bo‘lsa, osiy bo‘lmasin», deganlar. Kofirning qasamida kafforat yo‘q. Agar musulmon holida qasamxo‘r bo‘lsa ham. Kofir holida qasam ichgan bo‘sa-yu, musulmon bo‘lgandan keyin o‘sha qasamini buzsa, kafforat to‘lamaydi. Alloh taolo Qur’oni Karimning Tavba surasida: «Kufrboshilarga qarshi jang qiling! Zero, ularning ahdlari yo‘qdir. Shoyadki, to‘xtasalar», degan (12-oyat). Kim o‘z mulkini harom qilsa, u unga harom bo‘lmaydi. Agar uning mubohligini o‘ziga ravo ko‘rsa, kafforat ado etadi. Tahrim surasida bu hukmga dalil bor. Alloh taolo: «Batahqiq, Alloh sizlarga qasamlaringizni bo‘shatishni shariatga kiritdi. Va Alloh sizning Xojangizdir va Uning O‘zi o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir», degan (2-oyat). Qur’oni Karimning Tahrim surasidagi ushbu oyati karima aslida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlarida bo‘lib o‘tgan hodisa sababidan nozil bo‘lgan. Ammo uning hukmi umumiyligi o‘z ma’nosidan ham ko‘rinib turibdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z zavjai mutahharalari Hafsa onamiz bilan muomalada, ba’zi bir e’tiborlarga ko‘ra, asal ichmaslikka va boshqa rivoyatlarga qaraganda, o‘z cho‘rilari Moriya Qibtiya roziyallohu anhoga yaqinlik qilmaslikka qasam ichadilar. Holbuki, asal ham, cho‘ri ham Alloh taolo halol qilib qo‘ygan narsalar edi. Albatta, bu hodisa shariatga yangi hukm kiritish jarayonining ta’sirli chiqishi uchun Alloh taoloning O‘zi qo‘llagan tadbir edi. Shunday bo‘ldi ham. Mazkur hodisadan so‘ng Alloh taolo Tahrim surasining avvalgi oyatlarini nozil qilib, bunga o‘xshash masalalarning hukmi Islom shariatida qanday bo‘lishini bayon etdi: «Ey Nabiy! Nima uchun xotinlaring roziligini tilab, Alloh senga halol qilgan narsani harom qilursan?! Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. Batahqiq, Alloh sizlarga qasamlaringizni bo‘shatishni shariatga kiritdi. Va Alloh sizning Xojangizdir va Uning O‘zi o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir» (1-2-oyatlar). Biz «qasamlaringizni bo‘shatishni» deb tarjima qilgan iboralarni o‘z tilimizga so‘zma-so‘z o‘giradigan bo‘lsak, «qasamingizni echishni» shaklida chiqadi. Shuningdek, «qasam ichish» ma’nosi ham ba’zi arabcha ta’birlarda «qasamni bog‘lash» shaklida ifoda etiladi. Chunki bir ish uchun qasam ichgan odam o‘sha ish borasida o‘ziga xos qasd bog‘lagan bo‘ladi. O‘sha bog‘langan qasamining ustidan chiqa olmagan shaxs esa mazkur bog‘langan tugunni echgan bo‘ladi. Bizda qasamni buzish ma’nosi ko‘p ishlatiladigan bo‘lib qolgan. Demak, Alloh taolo ushbu oyati karima ila qasamni buzishni shariatga kiritganini bildirmoqda. Kim mutlaq yoki o‘zi iroda qilgan shartga bog‘lab, «Agar g‘oyib kishim kelsa...» deganga o‘xshab nazr qilsa va o‘sha narsa vujudga kelsa, vafo qiladi. Agar o‘zi iroda qilmagan narsaga bog‘lab, «Agar zino qilsam...» deganga o‘xshab nazr qilsa, vafo qiladi yoki kafforat beradi. Ana o‘sha to‘g‘ridir. Vallohu a’lam.
27 Апрел 2022, 23:22 | Савол-жавоблар | 332 | Turli savollar