4ta masxab
Assalom aleykum va raxmatullohu va barakotuh! ustoz to‘g‘risini aytsam sizni ovora qilgim kelmay internetda rossa qidirdim ammo topa olamadim bu savolimga javobni. sizdan Allah rozi bo‘lsin! anchadan beri meni savol qiynaydi hamma mashablarni o‘rganib chiqib 1tasini tanlash kerakmi, yoki nomozimizni oqib farzlarimizni, sunnatni o‘z joyiga qo‘yib bajarib yursak ham bo‘ladimi. shu masala hech ham tushunolmayapman. masxablar haqida malumot olay desam internetda topa olmadim, sizning kitoblaringizni sotib olay desam chet davlatida yashayman. uni ustiga dengiz mahsulotlarini ko‘p istemol qilamiz. o‘zimni masxabim hanafiy deb yuraman har doim , yaqin kunlarda o‘qib ko‘rsam hanafiy masxabida dengiz mahsulotlaridan baliqdan boshqasi harom deb yozishibti bir pazandalar forumida, bu gap meni yana o‘ylantirib qo‘ydi, nega Quroni karimda dengiz mahsulotlarini Alloh halol qilsayu, baliqdan boshqasi harom bo‘lsa. shunga oxshash savollar ko‘p uchraydi, sizdan juda ham iltimos qilaman manga va menga o‘xshash musulmonlar uchun masxablar haqida chuqurroq ma‘lumot bersangiz, yoki bu haqda maqola bor bo‘lsa qaerdan topishim mumkunligini aytib yordam bersangiz. iltimos. Alloh sizdan va barchamizdan rozi bo‘lsin, bu dunyo fitnalaridan o‘zi saqlasin. hammamizni o‘z panohida asrab iymonizni kuchli qilsin va Jannati bilan mukofotlasin omin! sizga oldindan raxmat qolgan savollarimga javob berganingiz uchun ham raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazhablar haqida ma’lumot hamma joyda tiqilib yotibdi. Faqat uni qunt bilan o‘rganish kerak, xolos. Sizning muammoingiz aynan mazhabda emasligingizdadir.
27 Апрел 2022, 23:22 | Савол-жавоблар | 205 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazhablar haqida ma’lumot hamma joyda tiqilib yotibdi. Faqat uni qunt bilan o‘rganish kerak, xolos. Sizning muammoingiz aynan mazhabda emasligingizdadir.
27 Апрел 2022, 23:22 | Савол-жавоблар | 205 | Aqiyda