"musiqa"
ALHAMDU LILLAHI ROBBIL A‘LAMIYN, VASSOLATI VASSALAMU ALA HOYRI HOLQIHI MUHAMMAD!ASSALAMU A‘LAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH!BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!Alloh diniga yordam berayotganlarga ajr, bizlarga amal qiladigan ilm bersin!Hurmatli va muhtaram SHAYH janoblari, alloh yo‘lida musulmonlarga hizmat qilishdan charchamayapsizmi? oilangiz va shogirdlaringiz yaxshimi? Bu savolni anchadan beri berishga niyat qilgandim, allohning madadi bilan uni izhor qilishga ijozat bergaysiz!Biz musiqa islomda taqiqlanganidan habarimiz bor, faqat to‘yda va 2 i‘ydda ruhsat berlilgani hadislardan ma‘lum, lekin musiqa asboblarining barchasi ma‘lum holatlardan tashqari holatlarda haromligini jumhur ulamolar bayon qilib berishgan, ya‘ni to‘yda va hayit bayramlarida kichkina shaqildog‘siz doiradan "duf"dan foydalanish mumkin. Qo‘shiqlarni ma‘nosi shariy‘atga nojoiz bo‘lmasa asboblarsiz aytilishiyam kerak, endi shu fatvo va hukmlardan foydalanib hozirda birodarlarimiz islomiy to‘ylarni o‘tkazishvotti alhamdulillah, lekin, ayollar bazmida erkak honandani chaqirish, yoki ayol honanda kuylagan taqdirda ham zamonaviy musiqa asboblaridan foydalanishyapti, va bu shahsan meni hayron qoldirayapti, chunki to‘yda aroq qo‘ymay, erkak va ayollarni aralashtirmay taqvo qilayotgan birodarlarimiz, bu ayollarning bazmidagi musiqa qo‘yilishlariga oddiy qarashayapti. Men bu mavzuga ko‘pgina javoblaringizni eshitganman va bu ihtilofli masala degansiz(ya‘ni to‘ydagi kuy va qo‘shiq).Savol: 1) bu masalada bunday musiqa asboblarini to‘ylarda va 2 hayit bayramlarida ishlatish joizmi? 2) yoki fitna chiqmasligi uchun bemalol minidiskka yozilgan musiqa minusovkalari bilan ashula aytish ham joizmi?Hazrat, javobingizni intizor bo‘lib kutib qolaman, chunki o‘zimni ham bu sinov kutayapti inshalloh, valhamdu lillahi robbil a‘lamiyn!assalamu a‘laykum va rohmatulloh!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Musiyqa asboblari haqida ulamolarning ixtiloflari bor. Ba’zilari falon asbob bo‘lmaydi desalar, qolganlari boshqacha gap aytganlar. Shuning uchun, bu borada ma’lum ro‘yxatni e’lon qilish qiyin.2. Disklar to‘g‘risida esa, sizga o‘xshab mulohaza qilganlar kam. 3. Ayollar jamoasiga erkak ashulachini yoki musiyqachini kirishi mumkin emasligi haqida hech kim ixtilof qilmagan.
27 Апрел 2022, 23:42 | Савол-жавоблар | 168 | Halol va harom