Hajga olib borishni mahr qilish
Assalomu alaykum! Bir kishi mahrga hajga olib borishni va’da qilgan edi. Lekin oila uzoqa bormay ajrashib ketishdi. Endi mahrni qanday ado qiladi? Hajga olib boradimi yoki haj harajatlarini to‘lasa bo‘ladimi yoki pulini qo‘liga beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu mahrga o‘tmaydi. O‘sha er uylangan vaqtda ayoli kabi ayollarga urfda qancha mahr berilgan bo‘lsa, shuncha mahrni berishi erning zimmasiga vojib. Bu kabi noaniq yoki mulk qilib qo‘lga ushlab bo‘lmaydigan narsani mahrga berilmaydi. Quyidagi mahrning shartlarini o‘qing. Mahrning shartlari 1. Qiymatga ega, mol deyishga arzigulik narsa bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik ulamolar Hanafiy mazhabining «Mahrning eng ozi o‘n dirham bo‘lishi kerak», degan ijtihodini ma’qul topganlar. Jobir roziyallohu anhu qilgan rivoyatda «Agar erkak kishi ayolga mahrni hovuchini to‘ldirib, taom berish ila ado etsa, ayol unga halol bo‘lur», deyilgan. Bu esa mahr uylanishdagi asosiy maqsad emas, balki er xotinning nafaqasini doimiy ravishda ta’min etib turishini o‘z bo‘yniga olganiga ishora ekanligini ko‘rsatadi. 2. Mahrga beriladigan mol halol va pok bo‘lishi kerak. Cho‘chqa, aroq, o‘limtik kabi shariat harom qilgan narsalar mahr o‘rniga o‘tmaydi. 3. Mahrga beriladigan mol birovdan tortib olingan bo‘lmasligi shart. 4. Mahrga atalgan mol noaniq bo‘lmasligi shart. Mahr faqat pul bo‘lishi shart emas, moliyaviy qiymatga ega narsa bo‘lsa bo‘laveradi. Hovli-joy, er, hayvon, tijorat moliga o‘xshash narsalar shular jumlasiga kiradi. Mahrga oid boshqa ma’lumotlar – Mahrning hammasi ayolning mulki hisoblanadi. Ayol uni o‘zi xohlaganicha tasarruf qiladi. – Mahrni oldindan berib qo‘yish yoki berishni keyinga surish mumkin. Shuningdek, bir qismini oldindan berib, bir qismini keyinga surish ham mumkin. Ammo berish muddati noaniq bo‘lmasligi kerak. Uzoqmi, yaqinmi, baribir, muddatni aniq belgilash lozim. – Ayol kishi mahrni olmaganligi uchun er bilan birga bo‘lishdan bosh tortishga, o‘ziga yaqinlashtirmaslikka haqli. – Agar er mahrning boshlang‘ich qismini bera olmasa, ayol nikohni buzishni talab qilishga haqli. – Er xotinini o‘zi bilan boshqa yurtlarga olib ketishga haqli. Bunda ayol uchun xavf-xatar bo‘lmasligi shart. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 01:15 | Савол-жавоблар | 197 | Oila va turmush