Rukiya
Assalamu Alaykum muxtaram Ustoz.Manda bir disk bor. Unda xar xil korilar Kuronni tilovat kilishgan. Usha diskda RUKIYa degan papkada Sudaysi kiroat kilgan oyatlar bor. U erda Kurondan bazi oyatlar tanlab olinib diskni ezgan odam tomonidan bir necha bor takror ezilgan. Misol uchun Fotixa sura 7 marta, Bakara surasidan xam ba’zi oyatlar tanlab olinib ba’zilari 3 marta, ba’zilari 7 marta, ba’zilari 11 marta takror ezilgan. Takror ezilgan deyishimning sababi bu oyatlar kori Sudaysi tomonidan takror ukilmagan balki guyoki takror ukilgandek kilib ezilgan. Kuronni boshidan oxirigacha bulgan oyatlardan ba’zilari tanlab olinib ezilgan. Rukiya nima? Nimaga asosan aynan ushbu oyatlar ezilgan? U xakda xadislar bormi? U nima uchun ukiladi? Javobingiz uchun oldindan raxmat?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savolni o‘sha ishni qilgan odamga berishingiz kerak edi. O‘shanda nima uchun qilgani va boshqa savollaringizga javob olar edingiz.Sudaysi nomli qori yo‘q. Siz qiroatini eshitgan odamning nomi Abdurrohman Sudays. Ruqya degani dam solish degani. Demak, dam solish uchun shu tartib va adadda qiroat qilish kerak demoqchi bo‘lishgan. Siz aytgan tarzdagi rufya haqda hadis yo‘q.Sizdagi diskni kim va qaysi maqsadda yozganini bilmayman. Ammo ba’zi bir jinkash ya’ni, jin tekkanlarga dam solaman deganlar shunga o‘xshash ishni qilishgani haqida xabarim bor.
20 Апрел 2022, 19:44 | Савол-жавоблар | 152 | Tabobat