Er xotin va qaynona qaynota
Assalomu alaykum, Shayx hazratlari. Bir vaziyatda qanday yo‘l tutish haqida so‘ramoqchi edim. Javobingizdan umidvorman. Tasavvur qilaylik, bir oila. Qaynota, qaynona, o‘g‘il va kelin. 2 nabira ham bor. Qaynota, qaynona keksayib, injiqlashib qolishgan. 35 yildab buyon zolim eri tomonidan xorlanib kelgan qaynonaga doimo uzatilib ketgan qizi dalda bo‘lgan. Qaynona uchun qizi hammadan ustun. Biroq kelinining gaplarini eshitmaydi ham. Uninng fikri hech qanday ahamiyatga ega emas. Qizi bilan har kuni qo‘ng‘iroqlashiladi (iloyim sog‘ bo‘lishsin), bu uyda bo‘layotgan har bir ishdan qayinegachi xabardor, doimo maslahatga (ba‘zida judayam o‘rinsiz), yordamga (rahmat) tayyor. Qaynona qaynota uyda. Kelin ham uyda bola tarbiyasi, uy ishlari bilan band. Uyda atmosfera judayam og‘ir. Qaynona qaynota har kuni yo‘q deganda 1 marta baqir-chaqir qilib olishadi. Nimagadir kelin va o‘g‘ilga "bolalarim" deb qaralmaydi. Olada kelin ko‘p hollarda erining ko‘ngliga qarab, uning aytganini qila olmaydi. Chunki oilaning keksa a‘zolarining bu masaladagi fikri boshqacha. Kelin menman. Xo‘jayinim boshqa gapni gapiradilar, oyijon boshqa gapni. Qaynagachim kelib, eriz sizzi noqulay ahvolga solayapti, ayb unda, deganidan beri bu uydagi hamma-hammani, xo‘jayinimni ham yomon ko‘rib ketdim. Nafas olishim ham qiyinlashayotgandek go‘yo. Kichkinam yaqinda 1 yoshga to‘ladi. O‘zim ishlayman, Ishxonam haftada bir borib kelishimga sharoit yaratib bergan. Ishga borsam ham uzog‘i yrim kunda uyda bo‘laman. Ammo yuragimni ezayotganlarni ozgina unutib, xayolimni ishxonadagi vazifalarim egallaydi. Oila qurgunimcha bir umr o‘qib, ishlaganman. Endi onda-sonda ishga borishim ham uyimdagilarga, jumladan xo‘jayinimga og‘rlik qilayotgandek. Uyim tinch, unda o‘z o‘rnim bo‘lganda ham rozi edim. O‘zimni aslida haq-huquqsiz, faqat burch va majburiyatlarga ega jonsiz buyumdek his qilaman. Yo‘q, jonsiz emas. Kunu tun yana nimadan janjal chiqar ekn, nima ishim, nima gapim yoqmas ekan deb, uragim zirillab turadi, demak jonliman. O‘y-xayollarim ichida adashib qoldim. Allohning o‘zi menga va yaqinlarimga sabr bersin, Sizdan taskin so‘zlarini, joiz bo‘lsa tanbehingizni ham eshitsam. Oldindan minnatdorman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning tashvishlaringizga sherikman. Ming afsuslar bo‘lsinkim, ilmsizligimiz, johilligimiz tufayli bo‘lmagur narsalarga urinib, o‘zimizni ham, yaqinlarimizni ham arzimagan narsa tufayli xafa qilib yuramiz. Turmushinmizni zaharga aylantiramiz. Aslini olganda o‘sha narsalar arzimagan, aqli ishlatib qaralsa, kulguli narsalar bo‘ladi. Sizlarda ham shu holatning bir ko‘rinishi bor ekan. Nima qilish mumkin. Keksa, kesaman demasa, yosh, yoshman demasa, shariatni hakam qilib olmasa, shunday bo‘ladida. Siz ko‘p kuyunmang. O‘zingizni va bolalaringizni ayang. Eringiz bilan yaxshi bo‘lishga harakat qiling. Qariyalarga o‘zlariga yarasha, yaxshi muomala qilishga urining. Ularning janjallariga e’tibor bermaslikka harakat qiling. Ibodatni ixlos bilan qilib, Allohning O‘zidan yordam so‘rang. Sabr qilganingizga ajr olasiz. Inshaalloh, hammasi yaxshi bo‘ladi. Biz ham sizga sherikmiz, duolarimizda birgasiz.
28 Апрел 2022, 02:06 | Савол-жавоблар | 163 | Oila va turmush