Avratlar haqida
Assalomu alaykum! Bizga Ayollarning qaerlari avrat ekani va ayollar qaerlarini shaklini ham rangini ham nomahramlardan yashirishlari kerak ekanini tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! AVRAT MASALASI Endi «Muxtasar» sohibi mazkur shartlardan ba’zilariga oid tafsilotlarni keltirishni boshlaydi. Dastlab avrat haqidagi iboralar keladi. Endi avratga oid matnlarni sharhlashga o‘taylik. Erkak kishining avrati kindigi ostidan to ikki tizzasining ostigachadir. Bu hukmning dalili quyidagilar: رَوَى الدَّارَقُطْنِيُّ مِنْ حَدِيثِ أَبِي أَيُّوبَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَا فَوْقَ الرُّكْبَتَيْنِ مِنَ الْعَوْرَةِ، وَمَا أَسْفَلَ مِنَ السُّرَّةِ مِنَ الْعَوْرَةِ Imom Dora Qutniy Abu Ayyub roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki tizzadan yuqori narsa avratdandir. Kindikdan pastdagi narsa avratdandir», deganlar. رَوَى الدَّارَقُطْنِيُّ عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مُرُوا صِبْيَانَكُمْ بِالصَّلَاةِ فِي سَبْعِ سِنِينَ، وَاضْرِبُوهُمْ عَلَيْهَا فِي عَشْرِ سِنِينَ، وَفَرِّقُوا بَيْنَهُمْ فِي الْمَضَاجِعِ، وَإِذَا زَوَّجَ أَحَدُكُمْ أَمَتَهُ عَبْدَهُ أَوْ أَجِيرَهُ فَلَا يَنْظُرُ مَا دُونَ السُّرَّةِ وَفَوْقَ الرُّكْبَةِ، فَإِنَّ مَا تَحْتَ السُّرَّةِ إِلَى الرُّكْبَةِ مِنَ الْعَوْرَةِ Imom Dora Qutniy Amr ibn Shu’aybdan, u kishi otasidan, u kishi bobosidan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yosh bolalaringizni etti yoshliklarida namoz o‘qishga amr qilinglar. O‘n yoshga etganlarida uning uchun uringlar va yotar joylarini alohida qilinglar. Qachon biringiz o‘z cho‘risini quliga yoki mardikoriga nikohlab bersa, uning kindigidan pastiga va tizzasidan yuqorisiga nazar solmasin. Chunki kindikdan pasti va tizzadan yuqorisi avratdandir», deganlar. Cho‘riniki o‘sha bilan birga elka tarafi va qorni hamdir. Ba’zi ulamolar: «Ikki biqini ham avrat», deganlar. Bu o‘sha qul va cho‘rilar bor vaqtning taqozosi ila bo‘lgandir. U vaqtlarda cho‘rilarning holi boshqacha bo‘lgan. Hur ayolning jamiki badani avratdir. Yuz, ikki qo‘l va oyoq bundan mustasno. Bu hukmning dalillari: Alloh taolo Nur surasida: وَقُل لِّلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَى جُيُوبِهِنَّ «Mo‘minalarga ayt: «Ko‘zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, zohir bo‘lgani mustasno. Ro‘mollarini ko‘kslariga to‘sib yursinlar», degan (31-oyat). «Zohir bo‘lgan ziynatlar» deganda namozda yuz, ikki qadam va ikki kaft anglanadi. Namozdan tashqarida ikki qadam ham avratdir. «Ro‘mollarini ko‘kslariga to‘sib yursinlar». Ya’ni boshlariga o‘ragan ro‘mollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, ko‘kslari va ko‘kraklarini ham to‘sib tursin. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا أَنَّ أَسْمَاءَ بِنْتَ أَبِي بَكْرٍ دَخَلَتْ عَلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَعَلَيْهَا ثِيَابٌ رِقَاقٌ، فَأَعْرَضَ عَنْهَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَقَالَ يَا أَسْمَاءُ، إِنَّ الْمَرْأَةَ إِذَا بَلَغَتِ الْمَحِيضَ لَمْ تَصْلُحْ أَنْ يُرَى مِنْهَا إِلَّا هَذَا وَهَذَا، وَأَشَارَ إِلَى وَجْهِهِ وَكَفَّيْهِ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Asmo binti Abu Bakr yupqa kiyim bilan kirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan yuzlarini o‘girib oldilar va: «Ey Asmo, ayol kishi hayz ko‘radigan bo‘lganidan keyin undan mana bu va mana bundan boshqa joyi ko‘rinmasligi kerak», deb ikki kaftlari va yuzlariga ishora qildilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Ibn Jarir Tobariy o‘z tafsirlarida Oisha onamizdan keltirgan rivoyatda u kishi aytadilar: «Oldimga ona bir akam Abdulloh ibn Tufaylning qizi ziynatlangan holda kirgan edi. Rasululloh kelib qoldilar va yuzlarini o‘girdilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, bu ona bir akamning qizi, yosh qiz», dedim. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi balog‘atga etganidan keyin undan yuzi va mana bu joylaridan boshqa joyi ko‘rinishi halol emas», deb o‘z bilaklarini tutumlab ko‘rsatdilar. Ushlagan joylari bilan kaftlari orasida yana bir tutumcha joy qoldi». Demak, namozda mazkur avrat joylarni to‘sib o‘qish farzdir. Ba’zi a’zolar ochilib qolsa nima bo‘ladi va shunga o‘xshash savollarga keyingi jumlalarda javob keladi. Bir a’zoning to‘rtdan birining ochilishi namozni man qiladi. Agar unutib ochilgan bo‘lsa va ochilishi bir ruknning ado etilishicha vaqt davom etsa va a’zoning choragidan ozi ochilsa, namoz botil bo‘lmaydi. Agar namozxon mazkur miqdorni qasddan ochsa, namozi darhol buziladi. Boldirning o‘zi bir a’zodir. Uning to‘rtdan biri ochilib qolsa va zikr qilingan muddatgacha yopilmasa, namoz botil bo‘ladi. Son, zakarning yolg‘iz o‘zi va ikki turmuq ham. Osilib tushgan soch ham. Bularda ham oldingi zikr qilingan hukm sobit bo‘ladi. «Avratni to‘sish» deganda shariat talabiga binoan to‘sish ko‘zda tutilgan. Bunda avratni to‘sadigan narsaga quyidagi shartlar qo‘yilgan: 1. Kiyim badanning rangini bilintirmaydigan darajada qalin bo‘lishi lozim. 2. Kiyim badanning hamma tarafini to‘sishi lozim. Biror tarafi ochilib qolsa ham bo‘lmaydi. Kiyim tanqis bo‘lganda avval g‘aliz avratni, keyin boshqalarini to‘sish kerak bo‘ladi. Agar faqat bitta avratni to‘sishga etadigan narsa bo‘lsa, u bilan orqani to‘sib, oldini qo‘li bilan to‘sadi. Boshqasi bo‘lmaganda harom kiyim ila, misol uchun, erkak kishi ipak kiyimda namoz o‘qisa, tahrimiy karohat ila namoz bo‘ladi. Najasni ketkazadigan narsasi bo‘lmagan odam u bilan namoz o‘qiyveradi. Keyin qayta o‘qimaydi. Bunga zarurat yuzasidangina ruxsat beriladi. Kiyimining to‘rtdan biri pok bo‘lgan kishining yalang‘och holda namoz o‘qishi joiz emas. Chunki bu holda «to‘rtdan bir» zarurat yuzasidan «to‘liq»ning o‘rniga o‘tadi. Undan ozi pok bo‘lganda ham u bilan o‘qish afzal. Ya’ni kiyimning to‘rtdan biridan ozi pok bo‘lganda, yalang‘och namoz o‘qigandan ko‘ra o‘sha kiyimda o‘qigan afzal. Kiyimi yo‘qning tik turib namoz o‘qishi joiz. O‘tirib, imo bilan o‘qishi mandubdir. Avratini to‘sishga hech narsa topa olmagan odam hech bo‘lmasa loy bilan bo‘lsa ham uni to‘sadi va o‘tirib, imo bilan namoz o‘qiydi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 03:20 | Савол-жавоблар | 174 | Dolzarb savollar