Taloqni so‘rash kerakmi?

Assalomu alaykum! Savolim shundan iborat, ayol bilan erkak nikoh o‘qitsa, so‘ng ayolga er yoqmay qolsa, shunda ayol taloqni so‘raydimi yoki shunday yo‘q bo‘lib ketaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Talog‘ini olmasa o‘lgunicha o‘sha nikohiga olgan erkakning xotini hisoblanadi. Boshqa erga nikoh orqali turmushga chiqsa ham, nikohi bog‘lanmaydi. Hatto talog‘ini bergan bo‘lsa, hayz ko‘radigan ayol uch hayz miqdori iddasini o‘tirmasdan boshqasiga erga tegsa ham nikohi bog‘lanmaydi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 04:06 | Савол-жавоблар | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar