Hadis va Hayotda Soqol va hozirgi zamon
Assalomu alaykum shayh hazratlari. Sizdan soqol haqida so‘ramoqchi edim. Ma‘lumki, hozirgi zamonda yoshlardan deyarli hech kim soqol qo‘ymay qo‘ygan. Soqol qo‘yishni esa erkaklarga payg‘ambarimiz Muhammad s.a.w janoblari buyurganlar. Bu haqida siz o‘zingizning "Hadis va hayot" kitobingizning 17-juzida ham to‘htalib o‘tgansiz. Lekin ana shu kitobingizda soqolni uzunligi haqidagi ihtilofga, ya‘ni ikki olimning tortishuviga sabab bo‘lgan maqola hususida guvoh bolganligingiz e‘tirof etilgan joyda, "hadislardan soqol qo‘ymaslik mumkin emas, degan ma‘no ham chiqmaydi" degan ma‘nodagi fikr keltirilgan. Hazrat, men ham yuqoridagi ko‘pchilik yoshlar qatori soqolimni tagidan qirib yuraman. Soqol qo‘ymaslik gunoh emasmi? Soqol qo‘yish-chi, uning fazli qanday? Agar bilmasdan gunohga botib yurgan bo‘lsak, tavba qilaylik va to‘g‘ri yo‘lga qaytaylik. Iltimos hazratim shu tog‘ri yo‘lni bizga o‘zingiz ko‘rsating. Alloh sizdan rozi bolsin. Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Menimcha, bu masala o‘sha kitobda bayon etilgan.
28 Апрел 2022, 03:54 | Савол-жавоблар | 213 | Adabiyot
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Menimcha, bu masala o‘sha kitobda bayon etilgan.
28 Апрел 2022, 03:54 | Савол-жавоблар | 213 | Adabiyot