Maxr o‘rniga o‘tadimi?

Assalomu alaykum! Men ota-onamga “Ayolimga maxr berishim kerak” desam, ular “Biz to‘y arafasida kelin uchun 1 million so‘mga yaqin kiyim qilib berganmiz qolaversa, 500 ming so‘m naqd pul berganmiz. Bular maxr o‘rnida o‘tsa kerak” deyishyapti. Haqiqatan ham bu berganlarini bilanman. Nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar berishda mahr deb berganlarida o‘tar edi. Unday deyilmagan bo‘lsa, tengqurlaringiz ayoliga nima mahr bergan bo‘lsa, shuni berishingiz kerak. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 04:50 | Савол-жавоблар | 201 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar