Farz namozida sajdada duo qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahli, Sizlardan shuni so‘ramoqchi edimki, nafl namozlaridan tashqari, asosan bomdod namozining farzidagi oxirgi rakatida bo‘ladigan sajda paytida o‘z ehtiyojlarimizni (shariatga zid bo‘lmagan ehtiyojlarimizni) Alloh taolodan so‘rab duo qilsak bo‘ladimi ? Namoz tartibini buzib qo‘ymaymizmi ? Sajda vaqtida Alloh taologa eng yaqin vaqt bo‘ladi deb ko‘p eshitganmiz, shu uchun shu savolni bermoqdamiz. Javobingiz uchun oldindan raxmat !!!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farz namozlarining sajdasida oxiratga ta’lluqli narsalarni so‘rang. Hanafiy va hanbaliy mazhabiga asosan Qur’onda vorid bo‘lgan duolar bilan duo qilish tavsiya qilinadi. Fuqaholar “meni falonchiga uylanishimni nasib qilgin” desa namoz buziladi deganlar. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 09:40 | Савол-жавоблар | 194 | Ibodatlar