Er chet elda bo‘lsa ayoliga kim mas’ul?
Assalamu alaykum! Alloh ilmigizga va ko‘rsatayotgan xizmatingizga baraka bersin. Men chet elda yashayman va savolim shunga bog‘liq. Birinchi savolim. Men bu erda yashayotgan payt ayolim O‘bekistonda yashayotganligi sababli unga qaynona-qanota hamda ota-onasi mas’ulmi, yoki uzoqda bo‘lsam ham menmi? Ya’ni ayolim biror ish qilmoqchi bo‘lsa ruxsatni mendan so‘raydimi yoki yashab turgan uyidagi ota-onasidanmi?
Ikkinchi savolim. Men chet elda yashab turgan holimda O‘bekistonda yashayotgan ayolimga biror erga aylangani ko‘chaga chiqishga ruxsat bermasam, ammo u chiqib ketsa, bunga qiyomat kuni javob beriladimi? Agar javob berilsa man javob beramanmi yoki yo‘qmi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayol kishi nikohlanganidan keyin har bir holatda eri bilan maslahatlashib, uning ruxsati bilan ish yuritishi kerak. Er ayolini uzoq muddatga tashlab chiqib ketishi shariatimizda qoralangan. Eri uzoqda bo‘lgan ayollardan sodir bo‘layotgan gunohlarning asosiy sababchisi er hisoblanadi. Ayolni moddiy va ma’naviy ta’minoti erning zimmasiga. Moddiy ta’minotni a’lo darajada qilib, ma’naviy ta’minotni o‘rniga qo‘yolmayotganlar ularning gunohlariga sherik bo‘ladilar. Arablarda “Tuyani qoziqqa bog‘lab, uni em-hashak va suvsiz qoldirib, ketsa va tuya arqonini uzib birovning ekinidan o‘tlasa, ayb tuyada emas, aksincha tuyakashda bo‘ladi” degan gap bor. Albatta er zimmasidagi haqqlarini ado qilsayu, ayolning tabiati nopokligi tufayli itoatda bo‘lmasa gunohi ayolning o‘ziga bo‘ladi. Nuh va Lut alayhimassalomlarning ayollari ham payg‘ambarlar o‘zi vazifalarini a’lo darajada bajarsalarda haqqa yurmasdan oxiri halok bo‘luvchilardan bo‘ldilar. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 04:57 | Савол-жавоблар | 166 | Oila va turmush