Taleq desa taloq tushadimi?
Assalomu alaykum! Er sms orqali xotiniga “san taleq” desa, ya’ni “taloq” yoki “talaq” yozmasdan “e” xarfi bilan yozsa taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Maqsadi “sen taloqsan” demoqchi bo‘lib, “san taleq” deb yozilgan bo‘lsa taloq tushadi. Masalan Zayd o‘z ayoliga «taloq» so‘zini to‘g‘ri talaffuz qilmay, «Bir talok», «Ikki talok», «Uch talok» yoki «Talo», desa taloq tushadimi? Javob: «Bahrur roiq» kitobining sohibi «taloq» so‘zini o‘zgartirib taloq qo‘yilsa, taloq tushishi yoki tushmasligi to‘g‘risida quyidagilarni aytganlar: وَمِنْهُ الْأَلْفَاظُ الْمُصَحَّفَةُ وَهِيَ خَمْسَةٌ : تَلَاقٌ وَتَلَاغٌ وَطَلَاغٌ وَطَلَاك وَتَلَاك فَيَقَعُ قَضَاءً وَلَا يُصَدَّقُ إلَّا إذَا أَشْهَدَ عَلَى ذَلِكَ قَبْلَ التَّكَلُّمِ بِأَنْ قَالَ امْرَأَتِي تَطْلُبُ مِنِّي الطَّلَاقَ وَأَنَا لَا أُطَلِّقُ فَأَقُولُ هَذَا «Taloq lafzining o‘zgartirilgan shakli taloq tushadigan so‘zlardandir. Ular beshtadir: «Talaq», «talag‘», «tolag‘», «tolak», «talak». Qazoan bular bilan taloq voqe bo‘ladi va («Men bu so‘zlardan taloqni iroda qilmagan edim», desa) tasdiq qilinmaydi. Lekin gapirishdan oldin ayolim mendan taloqni talab qilyapti. Men uni taloq qilmayman va (taloq lafzini o‘zgartirib) bularni aytaman, deb guvoh qilib qo‘ysa, («Taloqni iroda qilmaganman», degan gapi) tasdiq qilinadi» («Bahrur roiq sharhu kanzud daqoiq»). وَلَا فَرْقَ بَيْنَ الْعَالِمِ ، وَالْجَاهِلِ وَعَلَيْهِ الْفَتْوَى «Bu so‘zlarni talaffuz qilish bilan taloq tushishida olim bilan johilning farqi yo‘qdir. Fatvo shungadir» («Bahrur roiq sharhu kanzud daqoiq»). Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 04:57 | Савол-жавоблар | 168 | Oila va turmush