Ayollarni jannatga tushiradigan amallar haqida

Assalomu alaykum! Faqatgina ayollar qila oladigan qanday amallar jannatga kirishliklariga sabab bo‘la oladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom Ibn Jarir Tabariy va Ibn Abu Hotim rahimahullohlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Ayollarning yaxshisi – nazar solsang, xursand qiladigan, amr qilsang, itoat etadigan va g‘oyib bo‘lsang, o‘z nafsida va molingda seni muhofaza qiladiganidir», – deganlar. Imom Ahmad Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Agar qaysi bir ayol besh vaqt namozini o‘qisa, bir oy ro‘zasini tutsa, farjini saqlasa va eriga itoat qilsa, unga: «Jannatning qaysi eshigidan xohlasang, kiraver», deyiladi», – deganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 06:13 | Савол-жавоблар | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar