Er-xotin
Assalomu alaykum! Er-xotin janjallashib qolsa va er bir necha kunga xotinidan alohida yotsa ayol kishi qanday yo‘l tutadi? Kengroq javob bersangiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda Alloh halol qilgan narsani o‘ziga harom qilib olishni “qasam” deyiladi. Er ayoliga yaqinlik qilishi halol, “bo‘ldi senga yaqinlik qilmayman” deb, o‘ziga halol bo‘lgan narsani harom qilib olishini “iylo” deyiladi. Agar holat shunday bo‘lsa, kitoblardan “iylo”ga tegishli hukmlarni o‘qib oling. Bu o‘rinda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning erga ham, ayolga ham aytadigan ko‘rsatmalari bor. Erga aytiladiganining birinchisi “Uch kundan ortiq arazlashish yo‘q”. Ikkinchisi “yotoqni alohida qilish bir xonada bo‘lishi”. Boshqa xonaga chiqib alohida yotish yo‘q. Alohida bo‘lishdan ham ta’lim-tarbiyani maqsad qilish kerak. Arazlash erkakning ishi emas. Ayolga aytiladigani: عَنْ قَيْسِ بْنِ سَعْدٍ رضي الله عنه قَالَ: أَتَيْتُ الْحِيرَةَ فَرَأَيْتُهُمْ يَسْجُدُونَ لِمَرْزُبَانٍ لَهُمْ، فَقُلْتُ: رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم أَحَقُّ بِذَلِكَ، فَأَتَيْتُ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم فَقُلْتُ لَهُ ذَلِكَ، فَقَالَ: أَرَأَيْتَ لَوْ مَرَرْتَ بِقَبْرٍ أَكُنْتَ تَسْجُدُ لَهُ؟ قُلْتُ: لَا، قَالَ: فَلَا تَفْعَلُوا، لَوْ كُنْتُ آمِرًا أَحَدًا أَنْ يَسْجُدَ لِأَحَدٍ لَأَمَرْتُ النِّسَاءَ أَنْ يَسْجُدْنَ لِأَزْوَاجِهِنَّ لِمَا جَعَلَ اللهُ لَهُمْ عَلَيْهِنَّ مِنَ الْحَقِّ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ والْحَاكِمُ التِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُ: لَوْ كُنْتُ آمِرًا أَحَدًا أَنْ يَسْجُدَ لِأَحَدٍ لَأَمَرْتُ الْمَرْأَةَ أَنْ تَسْجُدَ لِزَوْجِهَاQays ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Hiyroga borib, ularning Marzubonlariga sajda qilayotganlarini ko‘rdim. (O‘zimcha) bunga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqliroqlar, dedim.Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, buni u zotga aytdim. Shunda u zot: «Ayt-chi, bir qabrning oldidan o‘tsang, unga sajda qilarmiding?» dedilar.«Yo‘q», dedim.«Unday qilmanglar! Agar birovni birovga sajda qilishga amr qiluvchi bo‘lsam, Alloh ularga (erlarga) ular (xotinlar) ustidan bergan haqning sababidan ayollarni erlariga sajda qilishlariga amr qilgan bo‘lar edim», dedilar».Abu Dovud, Hokim va Termiziy rivoyat qilganlar.Termiziyning lafzida: «Agar birovni birovga sajda qilishga amr qiluvchi bo‘lsam, xotinni eriga sajda qilishiga amr qilgan bo‘lur edim», deyilgan. Sharh: Ushbu hadisi sharifda erning xotindagi eng bosh haqqi to‘g‘risida so‘z ketmoqda. To‘rtinchi haq – xotinning erga itoat qilmog‘i. Roviy Qays ibn Sa’d Fors imperiyasining qadimgi shaharlaridan biri – Hayra shahriga borgan ekan. O‘sha erning aholisining Mirzabonga, ya’ni podshohdan keyingi martabada turadigan askarboshiga sajda qilayotganlarini ko‘ribdi. Shunda «Bunday hurmat va e’zozga bundan ko‘ra Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam haqliroqlar», degan fikrni xayolidan o‘tkazibdi u. Safardan qaytib kelgandan so‘ng Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, «Biz ham sizga sajda qilsak bo‘lar ekan», degan ma’nodagi fikrni aytibdi. Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u kishiga bu masalani ajoyib bir uslub bilan tushuntiribdilar. Avval u kishidan: « Ayt-chi, bir qabrning oldidan o‘tsang, unga sajda qilarmiding?» deb so‘rabdilar. «Yo‘q», deb javob beribdi Qays ibn Sa’d roziyallohu anhu. «Unday qilmanglar», debdilar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Chunki o‘likka sajda qilish bilan tirik odamga sajda qilish barobardir. Tirik odam ham baribir tezda o‘ladi. O‘ladigan odamga sajda qilish o‘lganga sajda qilish bilan teng. Sajdani o‘lmaydigan zotgagina qilish kerak. Dunyoda hech o‘lmaydigan bittayu bitta Zot – Alloh taolo bor. Shunday ekan, faqat Allohgagina sajda qilish lozim. Mobodo, farazan, odam odamga sajda qilishi joiz bo‘ladigan bo‘lsa, Islomda xotinning eriga sajda qilishi yo‘lga qo‘yilar edi. Islomda erning xotinidagi haqqi shunchalik ulug‘ hisoblanadi. Chunki rahbarga itoatsizlik hech bir insoniy jamiyatga to‘g‘ri kelmaydi. Er esa oilaning rahbaridir. Agar ayol erning itoatida bo‘lsa, farzandlar ham otaga itoat qiladigan bo‘ladi. Oqibatda oilada do‘stlik, muhabbat hukm suradi, oila mustahkamlanadi, qut-barakali bo‘ladi. Ayolning eriga itoatsizligi esa oilaning buzilishiga, boshqa ko‘plab noqulayliklarga sabab bo‘ladi. Har bir musulmon oilaning a’zosi ushbu haqiqatni yaxshilab tushunib olmog‘i kerak. Shu bilan birga, Allohga gunoh bo‘ladigan ishlarda erga ham, undan boshqaga ham itoat qilish yo‘qligi umumiy qoida ekanligini ham bilib qo‘yish lozim.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Ikkinchisi. Imom Ahmad Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Agar qaysi bir ayol besh vaqt namozini o‘qisa, bir oy ro‘zasini tutsa, farjini saqlasa va eriga itoat qilsa, unga: «Jannatning qaysi eshigidan xohlasang, kiraver», deyiladi», – deganlar. Boshqa bir hadisda eri rozi holatda vafot topgan ayoldan Alloh ham rozi ekanligi aytilgan. Alloh ikkingizni umringizni uzoq qilsin. Roziliksiz ketishning ehtimoli bo‘lsa, qaysi yo‘lni ixtiyor qilgan bo‘lsangiz o‘shani qiling. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 06:35 | Савол-жавоблар | 210 | Oila va turmush