Telegram tarmog‘idagi hikoya
Assalomu alaykum! Meni telegram tarmog‘ida keng tarqalgan bir hikoya hayron qoldirdi. Hikoyada aytilishicha bir ayolning eri safarga ketayotgan ekan, ketish oldidan ayoliga «men qaytmagunimcha ostanadan chiqma» deb aytibdi. Eri ketganidan 2 kun o‘tib eshik taqillatib bir inson ayolni otasi og‘ir xastalanib yotganini, xabar beradi. Ayol esa unga javoban erim kelsa birga boramiz deb aytadi. Bir kun o‘tib eshik taqillatib ayolning ukasi keladi va otasi so‘nggi nafasida o‘sha ayolni so‘rayotganini xabarini beradi. Ayol yana bormay rad etadi. Yana oradan 2 kun o‘tib ayolning ukasi otasining joni uzilganini xabar qiladi, ayol yana borolmayman deydi. 3 kundan so‘ng eri safardan qaytadi va ayol ko‘z yoshi bilan bo‘lgan voqeani aytib beradi. Eri esa boravermaysanmi deb aytadi. O‘sha kuni ayol tushida otasini ko‘radi va otasi unga rahmat aytib qanchadir(aniq soni esimda yo‘q) qarindoshlarini shafoat qilganini aytadi. Shu o‘rinda Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning «ayollar ota onasini ko‘rgani salomat bo‘lsalar haftada bir marta, bemor bo‘lsalar keragicha eri ruxsat bermasa ham borishi mumkin bu ayolning shariy xaqqidir» degan so‘zlarini eslasam bu ayol to‘g‘ri ish qilganmi. Silai raxm qilinmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gohida ba’zi bir insonlarning qalbida beixtiyor itoat va ba’zi bir narsalarga o‘ta muhabbat qilish bo‘ladi va bu narsa Allohning roziligiga sabab ham bo‘ladi. Farz namozlarida bitta surani hamma rak’atga qayta-qayta o‘qish makruh. Sahobalardan biri hamma farz namozlariga faqat Ixlos surasini o‘qir edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha sahobiydan nega bunday qilishini so‘raganlarida, u surada Allohning sifatlari bayon qilingani uchun ham beixtiyor o‘sha surani o‘qigisi kelishini aytgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “U sening najotinga sabab bo‘ladi” kabi gapni aytganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoatsizlik o‘ta qattiq gunoh, sahobalar bunday qilishlari aqlga sig‘maydigan narsadir. Vaholanki Hudaybiya sulhida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurayshliklar bilan sulh tuzayotganlarida: “Bu Allohning rasuli kelishilgan sulh” deyilgan joyiga qurayshlik vakil “Biz seni rasul deb bilganimizda senga qarshi chiqmagan bo‘lardik. Rasul o‘rniga Muhammad ibn Abdulloh deb yoz” deydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Aliy roziyallohu anhuga “O‘sha joyini o‘chirib Muhammad ibn Abdulloh deb yoz” deganlarida Aliy roziyallohu anhu beixtiyor, qalbidagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbati tufayli “Rasululloh” so‘zini o‘chirmasligini aytadi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari “O‘sha so‘z qani menga ko‘rsat” deb o‘z qo‘llari bilan o‘sha so‘zni o‘chiradilar. Bu erda ham Aliy roziyallohu anhuning ishini Rasulullohga itoatsizlikka yo‘yilmaydi. Siz aytgan ayolga ham shariat tomonidan ruxsat berilgan bo‘lsada eriga itoatkorlikni ustun qo‘yishligi Allohga mahbub bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday ishlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sukut qilishlari u ishlar sunnat ekanligiga emas, balki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni niyatini go‘zal ekanligiga sukut qilganlari tushuniladi. Siz aytgan hadisni ham shu ma’noda tushunish kerak. Aksariyat muhaddis ulamolar ushbu hadisni “zaif” yoki “o‘ta zaif” deb aytishgan. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 07:28 | Савол-жавоблар | 151 | Mediya