Daxriy bilan kofirni farki

Assalomu alaykum! Daxriy deb kimlarga aytiladi va ularning kofirdan farki nimada? javob uchun olbindan raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dahriy, kofir hamda mushrik kabilarning barchasini kofir deyiladi. Dahriy – umuman Alloh taoloning borligiga iymon keltirmagan kishidir. Qolganlari iymon keltirgan, shu bilan birga Allohga biror narsani sherik qilgan yoki dinimizda iymon keltirish kerak bo‘lgan biror amalni inkor qilgan kishilardir. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 06:57 | Савол-жавоблар | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar