Namozda iqtido qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, qimatli vaqtingizni olib so‘ramokchi bo‘lgan savolim quydagicha :(qidiruv tizimidan topolmadim) peshin namozidan so‘ng bir mo‘ysafid amakimiz: jiyan safda imomni orqasida turma, imom namozni o‘qib berayotganda mazasi qochibmi xushidan ketibmi yiqilsa sen oldinga o‘tib imomni qoldirgan joyidan o‘qib berishing kerak. Shuning uchun orqasida turma o‘qib berolmaysanku dedilar. O‘qib berolmasman, lekin aytayotgan narsangizga xujjat bormi dedim. E bunaqa narsaga xujjat kerakmas dedilar. Amakimizni aytayotganlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U kishi bir jihatdan to‘g‘ri aytibdi. عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ، قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَمْسَحُ مَنَاكِبَنَا فِي الصَّلَاةِ، وَيَقُولُ: «اسْتَوُوا وَلَا تَخْتَلِفُوا، فَتَخْتَلِفَ قُلُوبُكُمْ، لِيَلِنِي مِنْكُمْ أُولُو الْأَحْلَامِ وَالنُّهَى، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ». قَالَ أَبُو مَسْعُودٍ: فَأَنْتُمُ الْيَوْمَ أَشَدُّ اخْتِلَافًا Abu Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda (qo‘llari bilan) elkalarimizni to‘g‘rilab, «Tekislaninglar. Notekis turmanglar, qalblaringiz ixtilofli bo‘lib qoladi. Menga es-hushli va aqllilaringiz, so‘ng ulardan keyingilar, so‘ng ulardan keyingilar yaqin tursin», der edilar. Mana bugun sizlar yanada qattiq ixtilofdasiz».* * Abu Mas’ud roziyallohu anhu bu gapda o‘sha paytda avjiga chiqqan ixtiloflarni nazarda tutgan bo‘lsa da, uning ma’nosi umumiydir, ya’ni «Namozdagi saflaringiz durust bo‘lmay, past baland bo‘lib ketganidan qalblaringiz qarama qarshi bo‘lib, ixtilofga sho‘ng‘ib ketdingiz», demoqda. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 06:57 | Савол-жавоблар | 153 | Ibodatlar