dinda savolim bor

Bismilaxir Roxmanir Roxiym Assalomu alaykum shayx xazratlari. Men Kirgizston Osh shaxridan ismim Umar.Men fakat sizning muxlisin-giz bulib fakat sizning ta’limotlaringizdan foydalanaman. Men davlat universitetini iktisod soxasi buyicha taxsil olganman.Z kursda ukiyyotganimda dinga kattik kizikishim paydo buldi Dinimizdagi tafrikalikni kurib buni xakikatini anglashga kizikishim paydo buldi.Usha paytdan boshlab davatga kizikishim paydo buldi. 3 yil oldin bir jamoat masjidimizga kelib Alloxni yuliga deb 3 kunga taklif kilishdi men Allax uchun deb rozi buldim va 3 kun birga buldim. Shunda men ulardagi guzal odob axloklarni kurib dinga muxabbatim oshib bordi. Bu jamoatning xarakati sababli shaxrimizda kuplagan insonlarni benamozlari namozga keldi ilimlilarda esa uz aro muxxabat paydo buldi. Millatchilik xurofoti sezilarli darajada yukola boshladi. Aytib beradigan yaxshi tasurotlirim juda kup lekin xozirgi savolim yakinda birodarlarimiz Internet orkali tablig jamoatiga taalukli bir necha saxifalardan iborat «bu xarakat bidat» degan xujjatlar keltirishibdi.Shu masala tugrisida bizga aniklik kirgizib bersangiz iltimos. Bu tugrisida takvo Bilan bizga aniklik kirgizib berasiz degan umiddaman. Biz bu axborotdan xulosa chikarib olgani ilmimiz saviyasi etmadi va u ulamolarni biz tanimaymiz xam. Bu risola yozuvchining fikri emas, balki katta ulamolar va mashoyixlarning fikrlari jamlangan risoladir. Kuyida nomlari zikr kilingan ushbu ulamolarning vafot etganlarini Allox raxmatiga olsin, xayot bulganlariga esa mul savoblar bersin! Muxammad bin Ibroxim Oli Shayx (uz zamonasidagi Saudiya Arabistonining muftiysi) Abdulaziz bin Abdullox bin Boz (uz zamonasidagi Saudiya Arabistonining muftiysi) Muxammad bin Solix Usaymiyn (kibor ulamolar xay’atining a’zosi) Muxammad Nosiruddin Alboniy (tanikli muxaddis) Abdurrazzok Afifiy (kibor ulamolar xay’atining a’zosi) Dok. Solix bin Favzon al-Favzon (kibor ulamolar xay’atining a’zosi) Dok. Solix bin Abdullox Abuvd (Jome’atul-Islomiyaning raisi) Xamud bin Abdullox Tuveyjiriy (Riyoz mashoyixlaridan biri) Solix bin Sa’d Suxaymiy (Jome’atul-Islomiyaning akida bulimining raisi) Sa’d bin Abdurroxman Xasiyn (Urdundagi Saudiya elchixonasining diniy maslaxatchisi) Axmad bin Yaxyo an-Najmiy (Jozon mashoyixlarining biri) Abdulkodir Arnaut (Dimashkdagi Sunnati Nabaviya xodimi) KIRISh SUZIالحمد لله رب العلمين، و الصلاة و السلام على نبينا محمد وعلى آله وأصحابه أجمعين. أما بعد:“Ba’zi da’vatlardagi xatarlar pardasini ochish” kitobini kurib chikdim. Bu kitobda gap boradigan jamoatdan maksad bu zamondagi odamlarni mashgul kilib kuygan tablig jamoatidir. Bu jamoat e’tikodi, manxaji va kelib chikishida adashgan jamoatligini xamda ularga sherik bulish, yordam berish va ular bilan birga chikishning xarom kilinganligini kupdan-kup tajribali ulamolar bayon kilishgan. Bu jamoatdan xazar kilish va undan ogoxlantirish musulmonlarga vojib buladi. Men u jamoatning mas’ullariga Allox yuliga da’vat kilishda Alloxga tavba kilishlarini va Axli sunnat va jamoat manxajiga kaytishlarini nasixat kilaman. Xamda Alloxga da’vat kilishlarini uzlarining yurti bulmish Xindiston va Pokiston axlidan boshlashlarini nasixat kilaman. Allox Taolo aytadi: “Sen eng yakin karindoshlaringni ogoxlantir.” Va yana Allox Taolo aytadiki: “Ular kavmlariga borganlarida ularni ogoxlantirishsin, shoyad ular ogox bulishsa.” (“Tavba” surasi, 122-oyat.) Tablig jamoatining a’zolari akidani islox kilishga markazlashsinlar, chunki bu asosdir va Rasulullox صلى الله عليه وسلم va u kishidan boshka paygambarlar xam da’vatlarini shundan boshlashgan. Bu asosni koim kilmaydigan xar kanday da’vat natijasiz da’vatdir. Agar tabligchilar bu nasixatni kabul kilishsa, yaxshi. Yuksa, men akidalarini buzib yubormasliklari va xalokatga borib kolmasliklaridan barcha musulmonlarni ogoxlantiraman. Ushbu kitobning muallifi bulmish shayx Muxammad bin Nosir al-Ariniyga kitoblarida ochik bayon kilib nasixat kilganliklari va ulug vojibni koim kilganliklari uchun uz minnatdorchiligimni bildiraman. Allox bu kishiga eng yaxshi mukofotini bersin! Paygambarimiz Muxammadga, u kishining oilasi va barcha saxobalarga Alloxning salotu salomlari bulsin! Solix bin Favzon bin Abdullox al-Favzon6.1.1422 xijriy sana (2002 milodiy yil)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oxirigi paytda ushbuga o‘xshash gaplar ko‘payib ketdi. Mazkur jamoa to‘g‘risida har kim o‘zi topgan ma’lumotni bizning sahiyfaga ham kiritmoqda. Bu bilan o‘zlarining ishlarini rivojlantirishga harakat bo‘lsa ajab emas.Biz oldin bu haqda ma’lumot berganmiz. Siz va sizga o‘xshash kishilarga bunday ixtilofli narsalarda ikki tarafning dalillarini solishtirib ko‘rish, ko‘zlangan jamoa bilan shaxsan uchrashish imkoni bo‘lganlardan so‘rash kabi ishlar tavsiya qilinadi.

20 Апрел 2022, 19:59 | Савол-жавоблар | 158 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar