Ko‘krakdosh opa uka

Assalomu alaykum! Hurmatli aziz ustozlar, Allohim sizlardan rozi bo‘lsin.   Savolimdan o‘zim xam xijolatdaman.   Men chaqaloqli vaqtimda onamning onasi ham farzandli bo‘lgan.  Ya’ni tog‘am tug‘ilgan va bu orada Allohning marxamati bilan onam betob bo‘lib qolganlar ekan.  Shunda buvim o‘z suti bilan meni boqqan ekanlar. Xozirga kelib meni kenja singlim bo‘yi etib qoldi, katta xolam o‘ziga singlimni kelin qilmoqchi. Buvim o‘zini tanishidan yani otin oydan so‘rasalar bu aslo mumkin emas debdilar. Katta xolam bilan men sutdosh opa uka bo‘lsam singlim xam xolam bilan opa singil bo‘lishadimi?  Xolavachcham singlimga uylanishi mumkinmi yoki mumkin emasmi? Javobilar uchun Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uylanishi mumkin. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 07:08 | Савол-жавоблар | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar