Ayol kishini pulida erning haqqi

Assalomu alaykum! Erkak kishi ayolini ishlatib pulini olib qo‘ymoqchi bo‘lsa ayol ishlamaslikka haqqi bormi? Bir kishi uyda men boshman seni puling menda turishi kerak deb ayolini ishlatib pulini olib qo‘ymoqchi ekan. Bunday hollarda ayol qanday yo‘l tutishi lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimiz barcha nafaqa chiqimlarini erning zimmasiga yuklagan. Nafaqani erning o‘ziga qoldirib ayol uy ishlariga mashg‘ul bo‘lishi kerak. Mabodo er shariat me’yorda bo‘lgan ishda ishlashga ruxsat bersa, topgani ayolning o‘ziniki bo‘ladi. Albatta sarf qilishda eri bilan maslahatlashishi yaxshi. Gunoh ishlarga sarflab qo‘ymasligi uchun eri bilan maslahat qilishi afzaldir. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 07:19 | Савол-жавоблар | 192 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar