Ona allasi

Assalomu alaykum! Qo‘shiq kuylash, uni tinglash xaqida xarxil rivoyat xadislar eshtganman. Onalarimiz go‘daklarga alla aytishadi, qo‘shiq kuylashadi. Uni farzandlari eshtishadi. Shunga ulamolarimiz nima deyishadi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U qo‘shiq emas. Uni musiqasiz nashid desangiz to‘g‘riroq bo‘ladi. Kimning bolasining tili Laa ilaaha illalloh kalimasi bilan chiqsa ota-onasining gunohi kechirilishi haqida bir zaif hadis kelgan. Onalarimiz shu hadisga binoan “Alloh” lafzini bolalarning qulog‘iga quyish maqsadida nashidlar aytishgan. Bu aslida farzandga kalimani talqin qilish bo‘lgan. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 07:29 | Савол-жавоблар | 165 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar