Amaldan keyin qalbning holati

Assalomu alaykum! Manbalarda amalni katta sanamaslik haqida ko‘p eshitganman, ba’zida esa kichik sanamaslik haqida eshitib qolamiz. Men yaxshi tushunmadim deb o‘ylayman. Aslida insonda hayrli amal qilgandan keyin qalbning holati qanday bo‘lishi haqida ko‘rsatmalar bormi? O‘zini ilmli sanamaslik haqida ham eshitganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odam biror savobli amalni qilsa uni katta va ko‘p sanamasdan shu kabi amallarni sonini ko‘paytirishi kerak. Biror kichik gunoh qilsa uni kichik va arzimagan deb o‘ylab o‘sha gunohga o‘rganib qolib keyinchalik yana qilganida eti jimirlamaydigan bo‘lib qolmaslik kerak. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 08:35 | Савол-жавоблар | 143 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar