Ruhlar bilan gaplashish mumkinmi?
Olamlarning Robbi Allohga hamdu sanolar bo‘lsin!Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovotu salomlar bo‘lsin!Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu !Muhtaram shayh hazratlari! Mening akam doktor, Namangandan bemor keldi uyimizga, rak kasal ekan, ularni sog‘liklari ancha yaxshilandi. U davolanganni o‘lib tirilgan singlisi bor ekan, u singlisi ruhlar bilan gaplasharkan va u akam bilan gaplashibdi va akamga aytibdi: Sizga katta dadangizdan o‘tibdi davolash, sizni katta dadangiz juda yaxshi tabib bo‘lgan ekan va o‘simliklar bilan gaplasharkan, o‘simliklar qaysi dardga shifo bo‘lish mumkinligini aytar ekanlar. U o‘lib tirilgan ayol katta dadamizni ruhini chaqiribdilar va gaplashibdi. U katta dadamizni ruhi aytibdilarki sen bitta qo‘y, echki yoki ho‘roz so‘y, keyin meni 7 pushtim dushmanlardan omonda bo‘ladi. Katta dadangiz jannatda bog‘bon ekan dermish. U ayol akamga aytibdiki sizni dushmanlariz ko‘p ekan, borganimda ismlarini aytaman shulardan ehtiyot bo‘lasiz debdi. U ayol qabristonni yonidan o‘tib ketayotsa ruhlar men bilan gaplash, men bilan gaplash dermish. Ustoz o‘lib tirilgan insonlar ruhlar bilan gaplashish mumkinmi? Ruh bilan gaplashish haqida dinimizda ma’lumotlar bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘lgan odam tirilmaydi bu dunyoda. Oxiratda tiriladi. O‘sha gapni yolg‘onligini tushuninglar. Sizlarni aldashmoqda.
28 Апрел 2022, 08:35 | Савол-жавоблар | 238 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘lgan odam tirilmaydi bu dunyoda. Oxiratda tiriladi. O‘sha gapni yolg‘onligini tushuninglar. Sizlarni aldashmoqda.
28 Апрел 2022, 08:35 | Савол-жавоблар | 238 | Aqiyda