Juda xam nozik savol!

Assalomu alaykum xurmatli Opajonim. Alox taolo kilayotgan ishlaringizga uzi baraka bersin. Savolim-Opajon xozir xomiladorman Allox xoxlasa farzandli bulaman. lekin Paygambarimiz Sollalloxu alayxi vasallam "Xomilador ayol tulgok vaktida agar vafot etadigan bulsa shaxidni xukmida buladi" degan ekanlar. shuning uchun men xam ana shu makomni topish uchun Allox taolodan ana shu narsani surasam notugri bulmaydimi! avvaldan raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
farzandni katta qilish jihodga tenglashtirilgan. sizdan keyin bola kimga qoladi? yaxshi niyat qiling. eson omon qutilib, bolangizni bag‘ringizga bosing. uni shunday tarbiya qilingki, vaqti etib vafot etganingizdan keyin, haqqingizga duo qilganida, amallaringiz uzilganida ham duosi etib tursin.

28 Апрел 2022, 08:35 | Савол-жавоблар | 154 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar