Payg‘ambarimiz tug‘ilishlari
Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Saodat asri qissalarida» «Asxobi fil»dan 50 kun o‘tib tug‘ilganliklari yozilgan. Shu kungacha bu ma’lumaotga asoslanib yurardim. Bugun Islom.uz kanalida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni fil voqeasidan 50 kun avval tug‘ilaganliklari xaqida ma’lumot berilibdi. Qaysi ma’lumot haqiqat?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U zot sollallohu alayhi vasallamning fil voqe’asi yili Robiul avval oida tug‘ilganlari aniq. 2-8-10-12-kunlarida tug‘ilganlari ixtilofli. Fil voqe’asidan keyin tug‘ilganlari ham aniq. Ba’zi tarixchilar fil voqe’asini 571-yil 20-aprelda bo‘lgan deyishadi. Shundan ma’lum bo‘ladiki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Iso alayhissalomdan 571 yil keyin tug‘ilganlar. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 08:46 | Савол-жавоблар | 211 | Siyrat va tarix