Noinsof tojirlarga qarshi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz uyimizga parda tiktirish maqsadi bir tanish tikuvchi bilan kelishdik va ertasi kuni kerakli matolarni olgani ayolim bilan tikuvchi ayol bozorga borishdi. Tikuvchi ayol to‘g‘ri o‘zining tanishlarini do‘koniga olib boribdi. Tikuvchi tanish bo‘lganligi sababli ayolim istixola qilib boshqa do‘konlarni narxini ko‘raylik deya olmabdi. O‘sha do‘kondan kerakli narsalarni 1.600.000 so‘mga olishibdi va hatto yana chamasi 800.000cha etmay qolibdi. Shundan so‘ng tikuvchi bilan ayolim ajralib aloxida ketishgan va ayolim tekshirib ko‘rish uchun atrofdagi boshqa do‘konlarni kirib ko‘rgan va o‘zi savdo qilgan do‘kon juda ham qimmat ya’ni ikki, uch hatto ba’zi bir narsalarni to‘rt barobar qimmat sotgani aniqlagan. Hisoblab ko‘rilganda u do‘konda 2.400.000 so‘mga aylanayotgan narsani nari borsa ja’mi 800.000-900.000 so‘mga olsa bo‘lar ekan. Ayolim darxol do‘konga qaytgan va do‘konchilarga noinsoflik qilganini aytib, olgan narsalarini qaytarib berib pulni qaytarishni talab qilgan. Savdogarlar esa «qimat sotmaganman, ularni moli bilan menikini farqi bor meniki ancha yaxshi» deb pulni qaytarishdan bosh tortgan. Ayolim o‘zi Benkov kolledji va K. Bexzod nomidagi rassomlik va dizayn institutin libos fakultetini tamomlaganligi sababli matolarni yaxshi tushunishini aytgan va «yuring unda o‘sha do‘konlarga borib solishtiramiz» deganda sotuvchi bosh tortgan va matoni kesganini, kesilgan matoni sotolmasligini vaj qilib yana pulni qaytarishdan bosh tortgan. Ayolim yo‘qsa xo‘jaynim bilan kelaman desa «kerak bo‘lsa undan kattasi bilan kel» deb javob qaytarishibdi. Men ularni oldiga borib Xudo xohlasa pulni qaytarib olishga ko‘zim etadi, lekin savolim shuki men ularga molini qaytarib berib pulni qaytarib olishim shar’an joizmi? Bu menga xarom bo‘lib qolmaydimi? Shu ishim bilan to‘g‘ri qilgan bo‘lamanmi? Iltimos juda uzun yozganim uchun ma’zur tutgaysizlar, shunchaki masalani oydin yoritish uchun tafsilotlari bilan yozdim va qimmatli ko‘rsatmangizga muxtojman. Alloh sizdan va bizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda buni “G‘obni foxish” ya’ni adolatsiz baholash deb nomlanadi. Bunday suratda oluvchi molni qaytarib berib pulini olishga 100% haqli hisoblanadi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 08:57 | Савол-жавоблар | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar