Quron Karim haqida
Assalomu alaykum! Qur’on karimdagi oyatlar bilamizki bo‘linib tushgan. Eng avval “Alaq” suraning avvalgi 5 oyati tushsa, keyin boshqa suraning boshqa oyati. Savolim bu oyatlar bir suralarga, suralar esa Qur’onda qanday tartib bilan yig‘ilgan. Oldindan rahmat. Alloh ishlaringizda rozi bo‘lsin va ajru savobini bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! QUR’ONNING JAMLANIShI Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayotlik vaqtlarida, yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qur’on jamlanib, kitob shakliga keltirilmagan. U zotning vafotlaridan keyin Qur’on kishilarning qalbida va yozgan narsalarida qoldi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr roziyallohu anhu boshliq etib saylandilar. U kishining davrlarida dindan qaytganlar bilan musulmonlar orasida qattiq jang¬lar bo‘ldi. Shu janglarda Qur’onni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar shahid bo‘ldilar. Shunda hazrati Umar Abu Bakrga (Alloh u zotlardan rozi bo‘lsin): «Qorilar o‘lib ketaversa, Qur’onga zarar etishi mumkin, shuning uchun uni kitob shakliga keltirib, jamlab qo‘¬yish kerak», degan maslahatni berdilar. Avval boshda hazrati Abu Bakr ikkilanib turdilar, chunki bu ish Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hayotlik vaqtlarida qilinmagan edi. Keyinroq esa Abu Bakr roziyallohu anhu ham Qur’onni kitob shakliga keltirib qo‘yish zarur ekanini anglab etdilar va Zayd ibn Sobit ismli sahobani chaqirib, bu ishni amalga oshirishni u kishiga topshirdilar. Chunki Zayd ibn Sobit Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan juda ko‘p birga bo‘lgan, Qur’onni eng yaxshi yod olgan va uni Nabiy alayhissalomning huzurlarida yozgan, Payg‘ambarimiz vafot etadigan yillari Jabroil farishtaga Qur’onni avvalidan oxirigacha o‘qib o‘tkazganlarida birga bo‘lgan edi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob roziyallohu anhumo va boshqalar Qur’oni Karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ulkan ishning mustahkam, ishonchli bo‘lishiga harakat qilib, masjidda: «Kimning qo‘lida yozilgan Qur’on bo‘lsa va uning Payg‘ambarimiz huzurlarida yozilganiga ikkita guvohi bo‘lsa, bizga olib kelsin, Qur’onni jam qilishga xalifaning buyrug‘i bo‘ldi», – deb e’lon qildilar. Ikkovlari masjidda o‘tirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan bir yildan ortiq vaqtda Qur’onni jamlab berdilar. So‘ng ko‘pchilikka ko‘rsatdilar, hamma rozi bo‘ldi. Agar biror harfi o‘rnida bo‘lmasa, minglab yod biladiganlar qarshi chiqar edi. Lekin asosiy tayanch yodlash bo‘lib qolaverdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam farishtadan yodlaganlar, u kishidan sahobalar, sahobalardan esa ulardan keyingi avlod va hokazo, hozirgacha etib kelgan. Shunday qilib, Zayd ibn Sobit va Umar ibn Xattob roziyallohu anhumolar mashaqqatli urinishlardan keyin Qur’onni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib bo‘ldilar va uni belidan bog‘lab, Abu Bakrning uyiga qo‘yib qo‘ydilar. U kishi olamdan o‘tganlaridan keyin sahifalar hazrati Umarning uylarida, u kishidan so‘ng esa qizlari – Payg‘ambarimizning zavjalari Xafsa onamiz huzurlarida qoldi. Vaqt o‘tishi bilan Islom davlatining chegarasi kengayib, ko‘plab xalqlar ham musulmonlikni qabul qilib, musulmonlarning soni ko‘paygandan so‘ng Qur’onni o‘qishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bu holatni ko‘rgan o‘sha vaqtdagi xalifa Usmon hazratlari Xafsa onamizdan Abu Bakr davridagi sahifalarni so‘rab olib, undan olti nusxa ko‘chirishga buyruq berdilar. Nusxalar tayyor bo‘lgandan so‘ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga bittadan qori qo‘shib jo‘natdilar va hammaga faqat shu nusxadan Qur’onni ko‘chirish va shu qoridan qiroat o‘rganishga buyruq berdilar. Boshqa mushaflarni yoqib yuborish haqida farmon chiqdi. Dunyoda hech bir ummat hech bir kitobga Islom ummati Qur’oni Karimga ahamiyat berganidek ahamiyat bergan emas. Ilk oyatlar nozil bo‘lgan vaqtdan boshlaboq, avvalo, ularni Nabiy alayhissalom yodlar edilar, so‘ng musulmonlarga o‘qib berar, yozishni bilganlarga yozdirib qo‘yar edilar. Boshqa muqaddas kitoblar kabi, Qur’on maxsus bir toifa kishilar qo‘lida turmadi. Balki u barcha ommaning ko‘z o‘ngida va quloq ostida bo‘ldiki, uni hamma doimo o‘qir edi. Namozda ham, boshqa joylarda ham Qur’on o‘qilar edi. Hukmni ham Qur’ondan chiqarar edilar. Qur’on ularning yagona qo‘llanmasi bo‘lib, diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotlarida doimo yo‘lboshchi bo‘lib keldi. Bunday narsani hech o‘zgartirib bo‘lmaydi. Chunki Alloh taoloning O‘zi Qur’onni hech qanday o‘zgarishsiz saqlashni zimmasiga olgan. Bu haqda Qur’onda shunday deyiladi: «Albatta, Biz Qur’onni nozil qildik va albatta, uni Biz O‘zimiz muhofaza qilamiz», («Hijr» surasi, 9-oyat). QUR’ONNING TARQOQ TUShIShI VA BUNING HIKMATLARI Avval aytganimizdek, Qur’on yigirma uch yil davomida tarqoq holda nozil bo‘ldi. Gohida bir, gohida ikki-uch oyat nozil bo‘lar edi, bir tushganda o‘nta oyatgacha ham nozil bo‘lgan vaqtlar bo‘lgan. Qur’on oyatlari kishilarga yaxshiroq singishi va qalblarga mustahkam jo bo‘lishi uchun atrof-muhitni, sodir bo‘layotgan voqealarni e’tiborga olgan holda tushar edi. Mana shu holda kishilarga hujjat bo‘lishi oson bo‘lar va mo‘’jizakorlik quvvati yanada ortar edi. Agar Qur’on tarqoq holda tushmaganda, odamlarga bahona topilib, biz bunchalik ko‘p narsani bajara olmaymiz, degan gaplarni aytishlari mumkin edi. Avval bir yoki bir necha oyat nozil bo‘lgandan so‘ng bir qancha fursat o‘tsa, albatta, ular bunday bahonani qila olmas edilar. Qur’onning tarqoq tushishining boshqa hikmatlari ham bor. Shulardan biri – kishilarni ota-bobolaridan qolib kelgan urf-odatlaridan va o‘zlari ko‘nikib qolgan tuzumlaridan birdaniga ajratib bo‘lmas edi. Shuning uchun Qur’on asta-sekin tushib, yuqorida zikr qilingan narsalarni birin-ketin Islom keltirgan tartib va qoidalarga almashtirdi. Qur’onning tarqoq tushishining hikmatlaridan yana biri – uni yodlash oson bo‘lishi uchun edi. Chunki Nabiy alayhissalom va u kishining atroflaridagi sahobalarning ko‘pi o‘qish-yozishni bilmas edilar. Axir Qur’on birdan tushsa, uni yodlash qiyin bo‘lib qolar edi. Ma’lumki, Nabiy alayhissalom va mo‘minlar o‘z dushmanlaridan uzluksiz ozor, jafo chekib turar, qiyinchilik, mashaqqatlarga uchrar edilar. Toqatlari toq bo‘lgan paytlarida Qur’on oyatlari nozil bo‘lib, ularga tasalli berar, ularning qalbini tinchlantirar va og‘irlarini engil qilar edi. Musulmonlar hayotida turli hodisalar bo‘lib turardi. Ba’zan tushunmovchiliklar, bu ishning dinimizda hukmi qanday ekan, degan savollar paydo bo‘lardi. Shunday holatlarda oyat nozil bo‘lib, bu ishlarga aralashar, to‘g‘ri yo‘lga solib yuborar va savollarga javob berardi. Bu esa Qur’onning hayotga yanada singib ketishiga olib kelar edi. Qur’oni Karimning tarqoq tushishining eng ulkan hikmatlaridan biri – uning masdari, kelib chiqqan joyiga ishora va haqiqiy ilohiy kitobligiga hujjatdir. O‘ylab ko‘ring, yigirma uch yil davomida hali u suradan uch oyat, hali bu suradan ikki oyat, oldinma-keyin, baland-past bo‘lib tushsa-da, hammasi yig‘ilib, butun insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan, bir harfi o‘z o‘rnidan boshqa joyga tushmagan Kitob hosil bo‘lsa! Bu ish faqat har narsaga qodir ulug‘ Allohning qudratli hikmati bilan bo‘lishi mumkin, xolos. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 09:30 | Савол-жавоблар | 274 | Qur’oni karim