Kabr azobi xakida
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYMOlamlarning Robbisi Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin.Sayyidi koinot Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salovotu salomlar bo‘lsin.Sahobai kiromlarga Alloh taoloning roziligi bo‘lsin.Islom ulamolariga va mashoyixlariga Alloh taoloning rahmati bo‘lsin.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.Xurmatli Ustoz, kabr azobi xakida kup eshitganmiz, ukiganmiz. Allox taoloning Uzi bizlarga kabr azobidan panox bersin. Amiyn. Ammo bir narsaga tushunmayman. Kabrda jasad azoblanadimi yoki rux? Rux azoblanadigan bulsa, inson vafot etgandan sung rux tanadan chikib ketadi-ku. Yoki rux yana jasadga kiradimi? Keyin ayrim insonlar kabrga kumilmaydilar, yonib ketganlari xam bor, ya’ni jasadlari yukolib ketadi. Ularga kabr azobining xukmi kanday buladi. Agar bema’ni savol bergan bulsam Sizdan uzr surayman. Allox subxanaxu va taolo Sizdan rozi bulsin. Amiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar roziyallohu anhumlardan kelgan xabarlar asosida qabr azobiga, kim shunga loyiq bo‘lsa, va undan Munkar-Nakirning Robbisidan, dinidan va nabiysidan so‘roq qilishiga iymon keltiramiz. Qabr jannat bog‘laridan bir bog‘dir yoki do‘zax chuqurlaridan bir chuqurdir. Sharh: Ya’ni, osiy bo‘lib, azobga loyiq bo‘lganlar uchun qabr azobi bo‘lishiga iymon keltiramiz. Munkar va Nakir nomli ikki farishta bandadan uning qabrida turib Robbisi, dini va nabiysi haqida savol-so‘roq qilishiga iymon keltiramiz. Dalil: 1. «Va Oli Fir’avnni yomon azob o‘rabdi. U do‘zaxdir. Unga ertayu kech ko‘ndalang qilinurlar. (Qiyomat) soati qoim bo‘lgan kuni: «Oli Fir’avnni ashaddiy azobga kiritinglar»-deyilur». (o‘ofir: 45-46) 2. «Ularni to halokatga uchraydigan kunlariga yo‘liqqunlarigacha tek qo‘y. U kunda hiylalar ularga hech foyda bermas va ularga yordam ham berilmas. Va alabatta, zulm qilganlarga undan o‘zga azob ham bor, lekin ko‘plari bilmaydilar». (Tur: 45-47) 3. «Alloh iymon keltirganlarni hayoti dunyoda va oxiratda subutli so‘z ila sobit qadam qilur. Va Alloh zolimlarni zalolatga ketkazur». 4. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Banda qabriga qo‘yilib, ashoblari undan qaytganlarida, u alarning kovushlari taqqillashini eshitib turganda, huzuriga ikki farishta kelib, uni o‘tqazishadi va unga: «Mana bu odam (Muhammad sollallohu alayhi vasallam) haqida nima der eding?»-deyishadi. Shunda mo‘min: «Uning Allohning bandasi va Rasuli ekaniga guvohlik beraman», deydi. Shunda, unga: «Do‘zaxdagi joyingga nazar sol. Alloh uning o‘rniga senga jannatdan joy berdi»-deyiladi. U ikki joyni ham ko‘radi», deganlar. (Buxoriy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan). 5. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ikki qabrning yonidan o‘tib ketayotib: «Albatta, bu ikkovi azoblanmoqda. Azoblanishlari katta narsada emas. Ulardan biri siydikdan toza bo‘lishga e’tibor bermas edi. Boshqasi esa, chaqimchilik qilib yurar edi»-dedilar. Bir xurmoning xo‘l shoxini olib kelib, ikkiga bo‘lib, ikki qabrga bittadan suqib qo‘ydilar. Kishilar: «Ey Allohning Rasuli, nega bundoq qildingiz?» dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Shoyadki, bular quruguncha ikkovlaridan azob engillatilsa»-dedilar. (Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar). 6. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz qabrga qo‘yilsa, uning oldiga qoramtir-zangori rangli ikki farishta keladi. Ulardan birini Munkar, boshqasini Nakir, deyiladi», - deganlar. (Termiziy rivoyat qilgan). Xulosa shulki, qabr azobi va ne’mati haqida, ikki farishtaning savol qilishi haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan inkor qilib bo‘lmaydigan darajada ko‘plab xabarlar kelgan. Bunga iymon keltirish vojibdir. Kim inkor qilsa, kofir bo‘ladi. Ammo, o‘sha azob yoki ne’mat qandoq bo‘lishi haqida gapirmaymiz. Chunki, bu dunyoda unga o‘xshash narsa bo‘lmagani uchun aql uni tasavvur qila olmaydi. Shariatda esa, bu borada aql ko‘taradigan narsa kelgani yo‘q. QABR AZOBI TO‘FRISIDA ZIKRI LOZIM BO‘LGAN NARSALAR Birinchidan: Ruhning badanga bog‘liqligi.Bu besh turlidir: 1. Ruhning inson badaniga, u ona qornida homila bo‘lgan davrda bog‘lanishi. 2. Qorindan er yuziga chiqqanidan keyin bog‘lanishi. 3. Uyqu holatida bog‘lanishi. Bu holda ruh badanga goh bog‘lanib, goh ajralib turadi. 4. ¤lgandan keyin barzaxda bog‘lanishi. Agar ruh badandan ajralib chiqsa ham, uni butunlay tark etmaydi. Balki, zarur vaqtida qaytib turadi. Hadislarda salom beruvchi salom berganda, janozaga kelganlar ko‘mib bo‘lib qaytib ketayotganlarida, kovushlaridan ovoz chiqqanda o‘lik eshitishi bayon qilingan. Shunga o‘xshash hollarda ruhni qaytishi xos bo‘lib, tirilish uchun emas boshqa narsalar uchundir. Qiyomat kunidan oldin badanga hayot qaytib kirmaydi. 5. Qiyomat kungi bog‘lanish. Uning badanga bu bog‘lanishi eng mukammal bog‘lanishdir. Chunki, bu bog‘lanishdan keyin badan o‘limni, uyquni va buzilishni qabul qilmaydi. Buni yaxshi anglab oling, sizdan ko‘pgina ishkollarni ketkazadi. Ikkinchidan: Qabrdagi savol, Ibn Hazm va boshqalar aytganidek, faqat ruhning o‘zidangina bo‘lmaydi. Yoki boshqalar aytganidek, badanning o‘zidangina bo‘lmaydi. Chunki, sahih hadislar bu ikki gapni ham rad qiladi. Ahli sunna va jamoa ittifoq qilganlaridek, qabr azobi va ne’mati ham ruhga, ham badanga barobar bo‘ladi. Uchinchidan: Qabr azobidan murod barzax azobidir. Har bir o‘lgan odam, azobga loyiq bo‘lsa, qabrga ko‘milsa ham, ko‘milmasa ham, o‘z nasibasini tortadi. Yirtqichlar eb ketsa ham, kuyib kul bo‘lib, havoga uchib ketsa ham, osilsa ham, g‘arq bo‘lsa ham baribir. Qabr ahllariga etgan azob, ularning ham ruhu badanlariga etadi. Iboralarda qabr va dafnni zikr qilish esa g‘olib holat e’tiboridan bo‘lgan. Bas, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning gaplaridagi murodni fahmlashda haddan oshmaslik va kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik vojibdir. U kishining kalomlari ehtimolidan uzoq narsaga burilmasligi va o‘zlari qasd qilgan hidoyat va bayondan kamsitilmasligi lozim. Ko‘plab zalolatga ketishlar Allohning murodini va Uning Rasulining murodini noto‘g‘ri fahmlash tufayli hosil bo‘lgandir. Islomda paydo bo‘lgan har bir bid’at va zalolatning asli shudir. Dinning aslidagi va far’idagi har bir xatoning asli shudir. To‘rtinchidan: ¤limdan so‘ng qiyomatgacha ruhlarning qarorgohi haqida. Bu haqidagi gaplar o‘n to‘rttadan iborat bo‘lib, xulosasi, ruhlar barzaxda turli darajada bo‘lurlar: 1. Ba’zi ruhlar oliy to‘pda, yuksak illiyinda bo‘ladi. Bular Payg‘ambarlar sollallohu alayhi vasallamlarning ruhlaridir. Ularning darajalari ham turlicha bo‘ladi. 2. Bandalar haqidan qarzdor bo‘lmagan shahidlarning ruhlari jannatda xohlagan joylariga erkin borib yuradigan yaxshi qushlar jig‘ildonida bo‘ladi. 3. Ba’zi ruhlar jannat eshigi oldida hibsga olingan bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislaridan birida: «Sohibingizni jannat eshigi oldida hibsga olingan holda ko‘rdim», deganlar. 4. Ba’zi ruhlar qabrida hibsga olingan bo‘ladi. 5. Ba’zilari erda hibsga olingan bo‘ladi. 6. Ba’zilari zinokor er-ayollar tannurida bo‘ladi. 7. Ba’zilari qon daryosida suzib, tosh yutib yuradi. Bularning hammasiga sunnatdan dalillar bor.
20 Апрел 2022, 19:59 | Савол-жавоблар | 204 | Aqiyda