Depilatsiya joizmi?

Assalomu alaykum! ERkak kishini avratidagi yunglarni butunlay ya’ni «depilatsiya» qilish mumkinmi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘ltiq ostidagilarni yulish, kindik ostidagilarni qirish sunnat. Bir amalni sunnatga muvofiq ado qilishdan maqsad ham va uning bir hikmati ham bo‘ladi. Siz aytgan ishdan sunnat ado bo‘ladi, ustara ishlatishdagi hikmati topilmay qoladi. Hozirgi zamonaviy tibbiyot ham sunnatda qanday kelgan bo‘lsa, o‘shanday qilishda foyda bor ekanligini aniqladi. Shunday bo‘lsada, ularni qanday yo‘l bilan ketkazish ila sunnat ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 10:36 | Савол-жавоблар | 173 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar