Qiziq savol

Assalomu alaykum! Bir ma’ruzada eshitib qolgandim Jannatga birinchi Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u kishining ummatlari kiradi. Keyin Iso va uning ummatlari kiradi deb. Keyin yana boshqa bir ma’ruzada Namoz o‘qimagan inson hech qachon jannatga kirmaydi degan gapini eshitib qoldim. Lekin nega Iso va uning ummatlari jannatga kiradi deb aytgan? Benamozku ular?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Iyso alayhissalom  va uning ummatlaridan murod hozirga Iyso alayhissalomni Xudoni o‘g‘li deydiganlar emas. Asli Iyso alayhissalomni payg‘ambar deb iymon keltirib, Injil o‘zgartirilmasdan oldin unga amal qilgan o‘lib ketgan ummatlari iroda qilinadi. Alloh taoloni uchta deyuvchilar Qur’on karim va hadislar asosiga ko‘ra aslo jannatga kirishmaydi. Ularni jannatga kiradi deb e’tiqod qilish shariatimizda kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 10:36 | Савол-жавоблар | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar