Yusha ibn Nun kim?
Assalomu alaykum! Men bazi bir manbalarda Yusha ibn Nun ismli payg‘ambar bo‘lgan va u Muso alayhissalomdan keyin yuborilgan deb eshitdim. Lekin Qur’onda nomi kelgan payg‘ambarlar qatoridan topolmadim. Bu inson aslida kim? Javobiniz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ba’zi payg‘ambarlar borki, ismlari Qur’oni Karimda kelmagan bo‘lsa ham, hadisi shariflarda yoki anbiyolar qissalari yozilgan mo‘’tabar kitoblarda kelgandir. Shunday nabiylardan biri Yusha’ ibn Nun alayhissalomdir. U kishi Banu Isroilga Muso alayhissalomdan keyin rahbar bo‘lganlar. Tarixchilar orasida Alloh taoloning «Muso o‘z yigitiga: «Ikki dengiz jamlangan joyga etmagunimcha, hatto yillar o‘tib ketsa ham, yuraveraman», deganini esla» (Kahf surasi, 60-oyat) degan so‘zidagi yigit Yusha’ alayhissalomdir, deganlar bor. Horun alayhissalom vafot etgach, Banu Isroil sahrodagi ma’lum hududda zoe bo‘lib, tiyh holatida, ya’ni adashib-uloqib yurdi. Alloh taolo ularni jazolab, Siyno sahrosida adashib yurishini joriy qilgan edi. Muso alayhissalom ham o‘sha paytda vafot etganlar. Mazkur holat qirq yil davom etdi. Buning zikri Muso alayhissalomning Misrda kechirgan hayotlari haqidagi qissada batafsil keladi. Muhimi shuki, Banu Isroildan kim tirik qolgan bo‘lsa, Yusha’ alayhissalom bilan birga tiyh holatidan chiqdi. Ular Baytul Maqdisga bordilar. U erda Yusha’ alayhissalom Banu Isroildan qo‘shin tuzdilar. Ularni o‘n ikki urug‘ asosida o‘n ikki qismga bo‘ldilar. Yusha’ alayhissalom ular bilan birga borib, Ariyho, so‘ngra Baytul Maqdisni fath qilmoqchi bo‘ldilar. Yusha’ alayhissalom ularning ichida taxminan 27 yil Allohning Kitobi – Tavrot bilan hukm yuritdilar. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Islom tarixi” kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 10:47 | Савол-жавоблар | 287 | Siyrat va tarix