Shom vaqtida yosh bolalarni ko‘chada yurishi

Assalomu alaykum! Shom vaqtida yosh bolalarni ko‘chada yurishi yaxshimas. Bu vaqt shaytonlarni tarqaladigan vaqti bolalarga teginib qo‘yishi mumkin degan xadis bor ekan. Iltimos shu xadis bor bo‘lsa ba’tafsil tushuntirib bersangiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! أَنَّهُ سَمِعَ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا يَقُولُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا كَانَ جُنْحُ اللَّيْلِ - أَوْ أَمْسَيْتُمْ - فَكُفُّوا صِبْيَانَكُمْ، فَإِنَّ الشَّيَاطِينَ تَنْتَشِرُ حِينَئِذٍ، فَإِذَا ذَهَبَ سَاعَةٌ مِنَ اللَّيْلِ فَحُلُّوهُمْ، فَأَغْلِقُوا الْأَبْوَابَ وَاذْكُرُوا اسْمَ اللهِ، فَإِنَّ الشَّيْطَانَ لَا يَفْتَحُ بَابًا مُغْلَقًا، وَأَوْكُوا قِرَبَكُمْ وَاذْكُرُوا اسْمَ اللهِ، وَخَمِّرُوا آنِيَتَكُمْ وَاذْكُرُوا اسْمَ اللهِ، وَلَوْ أَنْ تَعْرُضُوا عَلَيْهَا شَيْئًا، وَأَطْفِئُوا مَصَابِيحَكُمْ Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumo aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Qorong‘i tushganda [yoki kech kirganda] bolalaringizni ushlab turing, chunki shaytonlar o‘sha payt tarqaladi. Kechadan bir muddat o‘tgach, ularni (bolalarni) qo‘yib yuboravering. Eshiklarni berkiting va Allohning ismini zikr qiling, chunki shayton yopiq eshikni ocholmaydi. Meshlaringizni bog‘lang va Allohning ismini zikr qiling. Ustiga biror narsani ko‘ndalang qo‘yib bo‘lsa ham, idishlaringizni to‘sing va Allohning ismini zikr qiling hamda chiroqlaringizni o‘chiring». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 19:28 | Савол-жавоблар | 192 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar