Shayton va jinlar haqida

Assalomu alaykum! Aytishlaricha dengiz ustida shayton va jinlar yashar ekanlar va dengiz ularni uylari ekan. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! مساكن الجن وطعامهم Jinlarning maskani va taomi الجن لهم حياتهم ومعاشهم و أكلهم وشربهم ، ولهم أماكن يسكنـون فيها أومختصة بهم ، وقد يشاركوننا في بعض الأماكن . والجن يسكنون في الأحراش و الصحروات وغير ذلك ، ويسكن الجن الكافر الخرابات وبيوت الخلاء ، وفي مواضع النجاسات والمقابر. أما الجن المسلم كالمسلمين من الإنس يحبون الروائح الطيبة ويدخلون المساجد ويحبون الأماكن الطيبة النظيفة بعكس كفارهم وشيطانهم فإنهم يحبون الأماكن القذرة وأماكن النجاسات كالخلاء وغيره  Jinlar ham insonlar kabidir. Ularning ham hayoti, tirikchiligi va eb-ichishi bor. Yashaydigan joylari va o‘zlariga xos makonlari bor. Ba’zi o‘rinlarda insonlar bilan aralashib ham yuradilar. Asosan chakalakzor, sahro va bog‘ubo‘stonlarda yashaydilar. Kofir jinlar haroba, tashlandiq, qabriston va najosatlar ko‘p bo‘lgan  joylarda yashaydilar. Musulmonlar jinlar bo‘lsa, musulmonlar kabi xushbo‘yliklarni sevadilar, masjidlarga kiradilar, shayton va kofir jinlarning aksi o‘laroq pokiza joylarda yashaydilar. فعَنْ زَيْدِ بْنِ أَرْقَمَ، عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ( إِنَّ هَذِهِ الْحُشُوشَ مُحْتَضَرَةٌ، فَإِذَا أَتَى أَحَدُكُمُ الْخَلَاءَ فَلْيَقُلْ: أَعُوذُ بِاللَّهِ مِنَ الْخُبُثِ وَالْخَبَائِثِ )أبو داود Hojatxonalar ixtiro qilinishidan avval sahobalar keng dalalarga chiqib hojat chiqarishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga ko‘rsatma berib, quyidagilarni aytganlar. Zayd ibn Arqam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Bu maysa o‘sadigan joylarga kofir jinlar hozir bo‘lishadi. Birortangiz hojat chiqarish uchun kelsa, “A’uzu billaahi minal xubsi val xobaais” desin” dedilar". Abu Dovud rivoyati. وكذلك الشياطين يتواجدون في أماكن اللهو وفي الأسواق حيث يكثر تواجدهم لإضلال الناس وإفسادهم ، و قد أوصى الرسول صلي الله عليه وسلم أحد أصحابه قائلا(لا تكوننَّ ، إن استطعتَ ، أولَ من يدخل السوقَ ولا آخرَ من يخرج منها . فإنهامعركةُالشيطانِ، وبها ينصبُ رايتَه)صحيح مسلم  Shuningdek shaytonlar ko‘proq odamlarni adashtirish va ularni fitna fasodga duchor qilish uchun lahv(noshar’iy ishlar bo‘ladigan) joylar, bozorlarda bo‘lishadi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashoblaridan biriga “Imkonini qilsang bozorga birinchi bo‘lib kiruvchiyu, undan oxirgi bo‘lib chiquvchi bo‘lmagin. Chunki bozor shayton jang qiladigan joydir. U erga bayrog‘ini tikib oladi” deganlar. Muslim rivoyati. Shayton jang qiladigan joy bo‘lishi sabab, u bozor ahlini bir-biriga xiyonat qilishga, yolg‘on gapirishga, haqqidan urib qolishga qilishga, yolg‘on qasam ichishga, shariatga zid oldi-sotdi qildirib, mol va puli barakasini o‘chirishga, birov savdo qilib tursa, ustidan savdo qilishga vasvasa qiladigan joydir. Hadisdagi bozorga shayton bayrog‘ini tikishdan maqsad, shaytonlarning hammasi o‘sha erda jamlashadi. والجن أيضا تعيش في منازلنا ومعنا ولكن لا نراهم ، وقد يأكلون معنا ويشربون معنـا من حيث لا نراهم لاستتارهم عنانعم قد يشارك الشيطان بني آدم في طعامهم وشرابهم وأموالهم ونكاحهم إذا لم يذكروا اسم الله عز وجل ، فإن ذكروا اسم الله عز وجل فقالوا: بسم الله ، فان الشيطان لا يستطيع أن يشاركهم في شيء  Ba’zi jinlar insonlar yashaydigan joylarda ular bilan birga yashaydilar. Birga taomlanadilar, lekin insonlar ularni ko‘rmaydilar. Hattoki er-xotinning yaqinliklariga ham qo‘shilishadi. Alloh taolo “Isro” surasi 64-oyatida : وَاسْتَفْزِزْ مَنِ اسْتَطَعْتَ مِنْهُمْ بِصَوْتِكَ وَأَجْلِبْ عَلَيْهِم بِخَيْلِكَ وَرَجِلِكَ وَشَارِكْهُمْ فِي الأَمْوَالِ وَالأَوْلادِ وَعِدْهُمْ وَمَا يَعِدُهُمُ الشَّيْطَانُ إِلاَّ غُرُورًا۝ Ulardan kimga kuching etsa, ovozing ila qo‘zg‘at, ularning ustiga otliq va piyoda qo‘shiningni tort, ularga mollarda va bolalarda sherik bo‘l va va’dalar qil». Shayton ularga aldovdan boshqani va’da qilmas. Ushbu oyatda Alloh taolo shaytonga tahdid ila «Qo‘lingdan kelganini qil!» degan ma’noda amr siyg‘asida, buyruq maylida qattiq gaplar aytganligi ko‘rinib turibdi. Odam bolalaridan qaysi biriga kuchi etsa, bor imkonini ishga solib, ularga qarshi ig‘vo va vasvasa jangi ila yo‘ldan urishga harakat qilishi mumkinligini aytmoqda: «Ulardan kimga kuching etsa, ovozing ila qo‘zg‘at, ularning ustiga otliq va piyoda qo‘shiningni tort…» «Na’ra tort, hayqir, otliq va piyoda askar tort, xullas, qo‘lingdan kelgan vositayu uslublarning hammasini qo‘llab, odam bolasidan kimga kuching etsa, mag‘lub etib, o‘zingga qaratib olaver», – deyilmoqda. Albatta, shaytonning ovozli askarlari juda ko‘p. Odamlarni yo‘ldan ozdirib, shaytonga mag‘lub qiluvchi ovozlar, ayniqsa, hozir juda ham ko‘paygan. Shuningdek, shaytonning otliq va piyoda askarlari ham juda ko‘p. Ular ham turli uslublar ila odam bolalarini yo‘ldan urib, shaytonning yo‘liga yurgizishga tinmay harakat qiladilar. «...ularga mollarda va bolalarda sherik bo‘l...» Haromdan topilgan mol va bolaga, albatta, shayton sherikdir. Shuningdek, ba’zi haloldan topilgan mol va bolalarga ham odamlar shaytonni sherik qilib oladilar. Misol uchun, johiliyatda arablar mollarining bir qismini soxta xudolarga ataganlar yoki bolalarini ham o‘sha soxta xudolariga nazr qilganlar. Har ikki holatda ham shaytonning sherikligi bor. «...va va’dalar qil», – dedi. Ya’ni «O‘zingga ergashtirish uchun odam bolalariga ularning havaslarini keltiruvchi turli va’dalar qil». Shu erga kelganda, Alloh taoloning shaytonga tahdidi tugaydi va oyat so‘ngida shaytonning va’dasi qanaqa bo‘lishini eslatadi: «Shayton ularga aldovdan boshqani va’da qilmas». Ya’ni shaytonning hamma va’dasi faqat aldamchilikdan iboratdir. Noto‘g‘ri yo‘llarga va ishlarga boshlar ekan, ularni to‘g‘ri deb taqdim etadi. Oqibatini ham chiroyli qilib ko‘rsatadi. Shaytonning eng xatarli va inson zotini g‘ururga ketkazuvchi va’dasi: «Yoshligingda o‘ynab qol, gunohni hozirdan o‘ylama, baribir gunohing kechiriladi» degan va’dadir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). «...ularga mollarda va bolalarda sherik bo‘l...» Ushbu oyatga binoan shayton inson farzandiga ham sherik bo‘lib qolar ekan. عن عائشة - رضي الله عنها - قالت : قال لي رسول الله - صلى الله عليه وسلم : " هل رئي فيكم المغربون ؟ " قلت : وما المغربون ؟ قال : " الذين يشترك فيهم الجن " . رواه أبو داود  Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga qarata : “Ichingizda mug‘orriblar ham ko‘rindimi” dedilar. “Mug‘orriblar kim” dedim. “Jinlar sherik bo‘lganlar”(Yaqinlikni “Bismillah”siz qilgani uchun yaqinlik paytida erkak suviga jinning suvi sherik bo‘lib, paydo bo‘lgan bolalar) dedilar". Abu Dovud rivoyati. Shuning uchun yaqinlik paytida Alloh taoloning ismini zikr qilib, quyidagi duoni o‘qish kerak bo‘ladi. حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا هَمَّامٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ سَالِمِ بْنِ أَبِي الْجَعْدِ، عَنْ كُرَيْبٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: أَمَا إِنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا أَتَى أَهْلَهُ وَقَالَ: بِسْمِ اللهِ، اللَّهُمَّ جَنِّبْنَا الشَّيْطَانَ، وَجَنِّبِ الشَّيْطَانَ مَا رَزَقْتَنَا. فَرُزِقَا وَلَدًا، لَمْ يَضُرَّهُ الشَّيْطَانُ  Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz ahliga yaqinlik qilganida: «Bismillaahi. Alloohumma jannibnash-shaytoona va jannibish-shaytoona maa rozaqtanaa»,* desa va ularga farzand berilsa, shayton unga zarar etkaza olmaydi», dedilar». * Duoning ma’nosi: «Allohning ismi bilan. Allohim, bizdan shaytonni chetlat va shaytonni ham bizga rizq qilib beradiganingdan chetda qil». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Mulla Aliy al-Qori yuqoridagi hadisni sharhlab quyidagilarni aytganlar : Agar Alloh taoloning ismi zikr qilinmasa va duo qilinmasa shayton o‘zining jinsiy a’zosini erkakning jinsiy a’zosiga o‘raydi va birga yaqinlik qiladi. Shundan tug‘ilgan bolani “Mug‘orrib” deyiladi. “Mug‘orrib”ning ma’nosi “begonaning qoni aralashgan, uzoq nasabdan paydo bo‘lgan”ni bildiradi. عن جابر بن عبد الله قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: عرش إبليس في البحر يبعث سراياه في كل يوم يفتنون الناس فأعظمهم عنده منزلة أعظمهم فتنة للناس. رواه الامام أحمد  Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Iblisning arsh(taxt)i dengizning o‘rtasida bo‘ladi. Har kuni (o‘sha erdan) turib insonlarni fitnaga solish uchun askarlarini yuboradi. Askarlarni uning huzurida eng obro‘lisi, insonlarni ko‘proq fitnaga soluvchisidir” deganlar". Imom Ahmad rivoyati. Ulamolar yuqoridagi hadisni sharhida quyidagilarni aytganlar : Shaytonning fitna tarqatish markazi dengizning o‘rtasida bo‘lib, er ahliga askarlarini o‘sha erdan tarqatadi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 11:42 | Савол-жавоблар | 187 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar