Uch qizaloq o‘limi
Assalomu Alaykum! O‘tgan xaftada ro‘y bergan 3 qizaloqning fojiali o‘limi ko‘pchilikka ma’lum. Ayrimlar turli yomon gumon qilishga ham ulgurishdi. Ya’ni qizlarning onasi 4-farzandi ham qiz ekanligidan noroziligi (va yana shunga o‘xshash turli gumonlar) tufayli Alloh g‘azab qildi va 3 qizni ham olib qo‘ydi – deb yomon gumonga borishdi. Holbuki ular bandasining qalbida nima borligini bilishmaydi-ku. Zotan Allohning eng suyukli bandasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning etti farzandlaridan oltitalari Payg‘ambarimiz hayotlik vaqtlarida vafot topdilar(xulosa o‘zlaridan). Sizlardan iltimos shunday nojo‘ya o‘y-gumonlarga borayotganlarga nasihat qilib qo‘yinglar, shoyad yomon gumonlardan tiyilishsa. Iltimos javobini «Telegramm» kanaliga ham qo‘yinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! YoMON GUMON VA HIQDU HASAD Bu narsalar ham yomonlikning turlari, yomon axloqning ko‘rinishlari qatoriga kiradi. Biz «yomon gumon» deb tarjima qilgan ma’no diniy adabiyotimizda badgumonlik deb ham atab kelingan. Badgumonlik kishilar haqida bo‘lar-bo‘lmasga yomon shubhalar qilish, ularga nisbatan tuhmat va hadik ma’nosida fikr yuritishdir. Odatda, bunday gumonlarning ko‘pi asossiz, behuda bo‘ladi. «Hasad» so‘zi lug‘atda archish va shilish ma’nosini bildiradi. Chunki hasad qalbni archilaydi va shiladi. Ulamolar «Hasad – birovga etgan ne’matga rashk bilan qarash va o‘sha ne’matning o‘z sohibidan ketib, o‘ziga etib kelishini qattiq xohlash», deydilar. يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِّنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar! Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir», degan («Hujurot» surasi, 12-oyat). «Hujurot» surasidan keltirilgan bu oyatda Alloh taolo O‘zining mo‘min bandalariga: «Ey iymon keltirganlar!» deb murojaat qilmoqda va ular uchun juda muhim masalalarni bayon qilmoqda. Ushbu oyatda Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalarini bir necha yomon sifatlardan, axloqiy kasalliklardan, har qanday halokatga eltuvchi dardlardan qaytarmoqda. Ulardan birinchisi: «Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir». Gunohga olib boruvchi illatlardan biri – badgumonlik. Badgumonlik kishilar haqida bo‘lar-bo‘lmasga yomon shubhalar qilish, ularga nisbatan tuhmat va hadik ma’nosida fikr yuritishdir. Odatda, bunday gumonlarning ko‘pi asossiz, behuda bo‘ladi. Shu boisdan ham: «...ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar», deyilyapti. O‘tgan ulamolardan az-Zajjoj rahmatullohi alayhi: «Badgumonlik yaxshi kishilar haqida yomon gumon qilishdir. Ammo ahli fisq bo‘lsa, undan nima fosiqlik zohir bo‘lgan bo‘lsa, shuni gumon qilishga haqqimiz bor», deganlar. O‘ylab ko‘rilsa, o‘zaro nizolar va kelishmovchiliklar ko‘pincha bir-biridan yomon gumonda bo‘lishdan ham kelib chiqadi. Yomon gumondan chetda bo‘lish uchun doimo kishilar haqida yaxshi gumonda bo‘lish, ular haqida etgan xabarlarni yaxshilikka yo‘yish kerak. Bu haqda hazrati Umar roziyallohu anhu: «Agar yaxshilikka burishning birorta yo‘li bo‘lsa ham, mo‘min birodaringdan chiqqan so‘z haqida faqat yaxshi gumon qil», degan ekanlar. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Zinhor va zinhor badgumon bo‘lmanglar. Chunki badgumonlik so‘zning eng yolg‘onidir», deganlar. Boshqa bir hadisda esa: «Agar odamlarning aybini axtaradigan bo‘lsang, ularni buzasan», degan ekanlar. Xususan, ish boshida turgan rahbarlar bu narsada ehtiyot bo‘lishlari lozimligi Imom Abu Dovud Abu Umomadan rivoyat qilgan hadisda yaqqol ko‘rinadi. Bu hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Agar amir odamlardan ayb axtaraversa, ularni buzadi», deganlar. Ma’lumki, kimning o‘yiga badgumonlik o‘rnashsa, u odam o‘sha gumonini tasdiqlash uchun hujjat va dalil qidira boshlaydi. Natijada gumon ostidagi odamning o‘ziga bildirmasdan, aybini axtarishga tushadi. Buni esa josuslik deydilar. Shuning uchun ham biz o‘rganayotgan oyati karimada gumondan chetlanishga amr qilingan. Ochiq-oydin ko‘rinib turgan ishga qarab hukm chiqariladi. Gumon qilishga, shubhalanishga va poylashga hech kimning haqqi yo‘q. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِيَّاكُمْ وَالظَّنَّ، فَإِنَّ الظَّنَّ أَكْذَبُ الْحَدِيثِ، وَلَا تَحَسَّسُوا، وَلَا تَجَسَّسُوا، وَلَا تَنَافَسُوا، وَلَا تَحَاسَدُوا، وَلَا تَبَاغَضُوا، وَلَا تَدَابَرُوا، وَكُونُوا عِبَادَ اللهِ إِخْوَانًا. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Badgumonlikdan saqlaning. Chunki badgumonlik eng yomon yolg‘onchilikdir. Gap poylash va josuslik bilan shug‘ullanmang. (Kimo‘zarga urinib,) o‘zaro hasad qilishmang. Bir-biringizni yomon ko‘rmang va bir-biringizdan yuz o‘girmang. Allohning birodar bandalari bo‘linglar», dedilar». To‘rtovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisi sharifda jamiyatdagi kishilarni bir-biriga dushman qiladigan, yakka shaxslarni o‘zaro dushman qilish orqali butun jamiyatga adovat urug‘ini sepadigan va shu orqali insoniy aloqalarni, oilalarni va jamiyatni tanazzulga yuz tuttiradigan yomon hulqlar haqida gapirilmoqda. Bu ro‘yxatning boshida esa badgumonlik turar ekan. Ko‘rgan, eshitgan odamidan biror yomonlik axtarib, «Unday bo‘lsa kerak, bunday bo‘lsa kerak», deyish badgumonlik bo‘ladi. Bu narsa avvalo, ba’zi shaxslar ichida adovat qo‘zg‘ab, dushmanlik va ishonchsizlik ruhini taratadi. Keyinroq ushbu ruh jamiyatning turli tabaqalariga tarqalib, hamma bir-biri haqida yomon gumonga boradigan, bir-biriga dushmanlik qiladigan va ishonmaydigan bo‘lib qoladi. Avval aytib o‘tilganidek, bir-biriga hasad qilish, yomon ko‘rish, kek saqlashni o‘ziga kasb qilib olish, yomonlikda musobaqalashish, bir-biriga turli yomonliklar qilish, odamlarni ishga solish va boshqalar bo‘lmag‘ur narsalar ekan. Balki mo‘min-musulmonlarning barchasi aka-ukadek bo‘lib yurishga harakat qilishlari kerak. Keling, ushbu hadisi sharifda zikr qilingan narsalarni bir-bir ko‘rib chiqaylik. «Badgumonlikdan saqlaning. Chunki badgumonlik eng yomon yolg‘onchilikdir». Gunohga olib boruvchi illatlardan biri badgumonlik bo‘lib, u kishilar haqida bo‘lar-bo‘lmasga yomon shubhalar qilish, ularga nisbatan tuhmat va hadik ma’nosida fikr yuritish hisoblanadi. Odatda, bunday gumonlarning ko‘pi asossiz bo‘lishi, o‘zaro nizolar va kelishmovchiliklar ko‘proq bir-biridan yomon gumonda bo‘lishdan kelib chiqishi, yomon gumondan chetda bo‘lish uchun doimo kishilar haqida etgan xabarlarni yaxshilikka yo‘yish kerakligi haqida yuqorida gapirib o‘tildi. Bas, yomon gumondan saqlanish lozim. Kim odamlardan yomon gumonda bo‘lsa, o‘sha ichi buzuq odam bo‘ladi. Mo‘min doimo uzr izlaydi, munofiq esa ayb izlaydi. Mo‘min barcha xaloyiqqa nisbatan ko‘ngli pok bo‘ladi. Munofiq esa uning teskarisi bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 11:53 | Савол-жавоблар | 197 | Dolzarb savollar