Ramazon oyida vafot qilish
Assalomu alaykum! Bu savolni bergani ikkilanib yurgan edim. Yaqinda siyrat.uz saytidagi muborak ramazon oyida bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar haqida o‘qidim. Mening buvijonim ham ramazon oyida o‘tdilar. Taskin bo‘lsin uchun Hazratimiz rahimahullohning «Mo‘minning qalqoni» nomli kitoblarini o‘qib chiqdim va bilmaganlarimni bilib oldim. Lekin ramazonda o‘lishning fazilati haqida uchratmadim. Shu haqida biror hadis kelganmi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu oyda vafot topish haqida hadis kelmagan. Ammo bu oyda vafot topib ketganlarga ham ulug‘ rahmat va barakotlari yog‘ilib turishi, hatto fosiqlardan ham azob ko‘tarilib turishi haqida hadislar bor. Juma kunida vafot topgandan qabr azobi ko‘tarilishi haqida hadis kelgan. Aslida bu oyda barcha o‘lishi mumkin. Ammo ro‘zador, ibodatda va kalimani aytib o‘lish e’tiborlidir. عَنْ حُذَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ : أَسْنَدْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَى صَدْرِي , فَقَالَ : " مَنْ قَالَ لا إِلَهَ إِلا اللَّهُ ابْتِغَاءَ وَجْهِ اللَّهِ خُتِمَ لَهُ بِهَا دَخَلَ الْجَنَّةَ ، وَمَنْ صَلَّى صَلاةً ابْتِغَاءَ وَجْهِ اللَّهِ خُتِمَ لَهُ بِهَا دَخَلَ الْجَنَّةَ ، وَمَنْ صَامَ يَوْمًا ابْتِغَاءَ وَجْهِ اللَّهِ خُتِمَ لَهُ بِهَا دَخَلَ الْجَنَّةَ ، وَمَنْ تَصَدَّقَ بِصَدَقَةٍ ابْتِغَاءَ وَجْهِ اللَّهِ خُتِمَ لَهُ بِهَا دَخَلَ الْجَنَّة َرواه أحمد بن حنبل Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ko‘ksimga suyadim. Shunda u zot “Kim Allohning roziligini talab qilgan holda “Laa ilaaha illalloh”ni aytgan holida vafot topsa, jannatga kiradi. Kim Allohning roziligini talab qilgan holda biror namozni o‘qigan holatda vafot topsa jannatga kiradi. Kim Allohning roziligini talab qilgan holda ro‘za tutgan holatda vafot topsa jannatga kiradi. Kim Allohning roziligini talab qilgan holda biror sadaqani qilayotgan holda vafot topsa, jannatga kiradi” dedilar. Imom Ahmad rivoyati. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 12:15 | Савол-жавоблар | 146 | Hadislar