Otamning bemorligi

Assalomu alaykum! Mening otam xozir bemorlar, oyoklarida TROPM kasalligi bor ekan. Qon oyoqqa o‘tmay 1 oyoqlarini yaqinda kesib tashlashdi. Endi esa 2-oyoqlarini xam bo‘g‘imidan operatsiya qilish ya’ni kesish kerak ekan. Doktorlarni aytishicha lekin otamni yuraklari u operatsiyani ko‘tara olmas ekan. Shunga nima qilishga xayronmiz, operatsiya qildirmasak bolalarim menga beparvo bo‘lib qoldi deb xafa bo‘lib qolmasmikinlar? Lekin  operatsiyaga mablag‘imiz bor, faqat doktorni gaplari bizni ikkilantirib qo‘ydi. O‘zlariga aytmaganmiz bu xolatni. Yoki shu xolatda Alloh bergan umrni yashaganlari yaxshimi? Shunga maslaxat bersangizlar? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Otangizni o‘zi bilan maslahatlashib ko‘ringlar. Albatta mutaxassisni ham maslahatini olinglar. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 12:37 | Савол-жавоблар | 131 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar