Namozda imomlikni niyat qilish kerakmi?

Shom namozining vaqti kirishi bilan men namozni ovoz chiqarmasdan o‘qishni boshladim. Bir rakaat o‘qib bo‘lgandim, sherigim kelib menga iqtido qildi, men esa ovoz chikarmasdan namozni davom ettirib tugatdim. Keyin sherigimga menga iqtido qilmasligini tushuntirdim. Chunki men imomlikni niyat qilmagandim. Shu ishim to‘g‘rimi? Buni bir tanishim "shunday paytda siz imom bo‘lib qolasiz va ovoz chiqarib namozni davom ettiraverasiz" deb aytdi. Shunday vaqtda nima qilishimiz kerak edi? Ba’zan xuftonni bir o‘zi o‘qib turgan odamga kelib boshqalar iqtido qilishib o‘qib ketaverishadi (albatta masjidda).
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tanishingiz to‘g‘ri aytgan.

26 Май 2022, 20:50 | Савол-жавоблар | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar